Sayt test rejimida ishlamoqda

Mo‘minova Nilufar Abdudlla qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p komponentli sementlar asosida o‘ta engil betonlarning samarador tarkiblarini  ishlab chiqish” ,  05.09.05 - “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Ilmiy rahbar: Shakirov Tuyg‘unjon Turg‘unovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Baxodirov Azizbek Abdulazizovich – texnika fanlari doktori, Turg‘unboev O‘rinboy Jamalovich– texnika fanlari nomzodi, dotsent
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Angren ko‘mir koni ko‘mirli gili, bentonit gili va sanoat chiqindilaridan foydalanib g‘ovak to‘ldiruvchilar va ular asosidagi engil betonlarning tarkibini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
«ko‘mirli gil, bentonit gili va kuyib ketuvchi qo‘shimcha» tizimida harorat ta’sirida kuyib ketuvchi qo‘shimchalarning miqdori, bentonit gilining ko‘pchishini hisobga olgan xolda serg‘ovak strukturaning hosil bo‘lish  mexanizmi nazariy jixatdan asoslangan;
shixtadagi komponetlar miqdorini o‘zgartirish orqali g‘ovak to‘ldiruvchining serg‘ovak strukturasi va uning fizik-mexanik xossalarini boshqarishga erishilgan;
foydalaniladigan xomashyo materiallari va texnologik omillar ta’sirini xisobga olgan xolda serg‘ovak to‘ldiruvchi ishlab chiqarishning energiyasamarador texnologiyasi takomillashtirilgan;
fizik-kimyoviy usullardan foydalangan holda mineral va kimyoviy qo‘shimcha ta’sirida sement toshi strukturasining shakllanish mexanizmi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘mir sanoati chiqindisidan foydalanib olingan g‘ovak to‘ldiruvchi va u asosida ishlab chiqilgan engil betonlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning shixta tarkibi  “AZKAMAR” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi № 11-06/11640-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘kma zichligi  280-300 kg/m3  va 700 kg/m3, mustaxkamligi esa 2,54 MPa va 11,44 MPa bo‘lgan sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishga erishilgan.  
Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning shixta tarkibi  “NAVOIY-KERAMZIT” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi № 11-06/11640-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘kma zichligi  280-300 kg/m3  va 700 kg/m3, mustaxkamligi esa 2,54 MPa va 11,44 MPa bo‘lgan sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishga erishilgan.  
To‘kma zichligi  280-300 kg/m3  bo‘lgan sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchisi asosida issiqlik izolyasion bloklar tarkibi  “STROY KARAT DPK” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 12 oktyabrdagi № 11-06/11640-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘lchamlari 390x188x190mm, umumiy xajmining 30% i bo‘shliqlardan iborat hamda massasi 7,3 kg bo‘lgan issiqlik io‘olyasion bloklar   ishlab chiqarishga erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish