Abdugaffarov Xusniddin Jurabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta chigitini tashishda vintli konveyerning ish unumini oshirish», 05.02.03– Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T313.
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar, texnika fanlari doktori, professor; Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta chigitlarini chiqindilardan tozalash va tashish uchun vintli konveyerningyuqori ish unumli, yangi samarali konstruksiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta chigitini tashishda uni chiqindilardan tozalovchi yuqori samarali, energo- va resurstejamkor vintli konveyer konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta chigitini vintli konveyerlarda tashish jarayonining nazariy va tajribaviy tadqiqotlari asosida tiqilishlarni hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar bog‘lanishlari aniqlangan;
paxta chigitini vintli konveyerlarda tashish jarayonida tiqilishlarni oldini olish imkonini beruvchi va sarflanadigan quvvatni kamaytiruvchi majburiy tebranma tizimga ega vintli konveyer konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
vintli konveyerning chiqindilarni chiqarib yuboruvchi yuzalaridagi teshiklar o‘lchamlari va shakli ularning yo‘nalishli-saylanma xususiyatlari orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta chigitini tashishda vintli konveyerning ish unumini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
majburiy tebranma tizimga ega vintli konveyerga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Vintli konveyer», №IAP 03270-2007 y.). Natijada vintli konveyerni qo‘llanilishi paxta chigitini tashishdagi tiqilishlarni bartaraf etish va sarflanadigan quvvatni 20% gacha kamaytirish imkonini bergan;
paxta chigitini tashishda uni chiqindilardan tozalash qismiga ega vintli konveyerga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Vintli konveyer», №FAP 01141-2016 y.). Natijada paxta chigitidagi chiqindilar miqdorini 2-3 marta kamaytirish imkoni yaratilgan;
tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan paxta chigitini chiqindilardan tozalash qismiga ega vintli konveyer «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi Toshkent viloyati Piskent va Mustaqillik paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2017 yil 30 dekabrdagi 02-18/3782-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida paxta chigitidan olinadigan momiq tozaligini 18-20% (nisb.)ga va chigit moydorligini 14-16% (nisb.)ga oshirish orqali energo- va resurstejamkorlikka erishish imkoniyatlari yaratilgan.