Sayt test rejimida ishlamoqda

Mirzaev Raxim Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jo‘xori (Sorghum)ni qayta ishlashgan chiqindisidan omuxta em xom ashyosi sifatida foydalanishni ilmiy asoslash”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx973.
Ilmiy rahbar: Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Muminov Najmiddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Edinbaev Dauletboy, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jo‘xori (Sorhum) o‘simligini qayta ishlashdan so‘ng qolgan chiqindilaridan omuxta em ishlab chiqarish uchun xom ashyo manbai sifatida foydalanishni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor omuxta em xom ashyosi uchun qimmatli xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan, istiqbolli jo‘xori o‘simligi hosildorligi, erta pishar Qorabosh navidan o‘rtacha 34,1 t/ga, o‘rta pishar Oranjevoe 160 navi dan 66,13 t/ga, kechpishar O‘zbekiston 18 navidan 78,6 t/ga gacha bo‘lishi aniqlangan;
omuxta em xom ashyosi sifatida ishlatiladigan jo‘xori o‘simligi xom ashyosiga dastlabki ishlov berish, quritish va granula em ishlab chiqarish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
jo‘xori o‘simligini qayta ishlash natijasida O‘zbekiston 18 navidan o‘rtacha – 28,8 t/ga, Oranjevoe 160 navidan – 20,55 t/ga, Qorabosh navidan – 11,3 t/ga omuxta em xom ashyosi manbai sifatida foydalaniladigan quruq massa chiqishi isbotlangan;
jo‘xori o‘simligi qayta ishlash chiqindilaridan omuxta em xom ashyosi kimyoviy tarkibi sifatida Qorabosh navida keletchatka miqdori o‘rtacha 26,44 % gacha, xom protoein miqdori 5,11 % gacha, Oranjevoe 160 navida kletchatka miqdori o‘rtacha 26 % gacha, xom protein 3,71 %, O‘zbekiston 18 navida kletchatki miqdori 30,90 % gacha, xom protein 3,12 % ekanligi aniqlanib,  an’anaviy omuxta em tarkibidagi 24 % o‘t uni, hamda 10 % bug‘doy kepagi o‘rniga 34 % miqdorida qayta ishlagan jo‘xori chiqindisidan foydalanish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jo‘xori o‘simligini istiqbolli navlarini ajratish, biomassani quritish, maydalash va qayta ishlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
«Qand jo‘xori o‘simligini qayta ishlash chiqindisidan omuxta em xom ashyosi sifatida foydalanish bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 4 mart №02/27-04/987 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
jo‘xori navlarini omuxta em xom ashyosi sifatida ekish ishlanmasi Makkajo‘xori seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasi va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tajriba maydonlarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 4 mart №02/27-04/987 sonli ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston 18” navidan – 932 s/ga, “O‘zbekiston pakana” navidan – 378 s/ga, “Oranjevoe 160” navidan – 620 s/ga, “Daulet” navidan – 434 s/ga, “Qorabosh” navidan – 376 s/ga,, “O‘zbekiston 5” navidan – 343 s/ga ko‘k massa hosili olishga erishilgan.
jo‘xori navlarini omuxta em xom ashyosi sifatida qayta ishlash texnologik sxemasi “NEW ECOLOGICAL FEED” MChJ korxonasida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 4 mart №02/27-04/987 sonli ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston 5” navidan – 11 t/ga “Qorabosh” navidan – 8,9 t/ga va “Daulet” navidan – 8,1 t/ga xom ashyo olishga erishilgan, bunda o‘rtacha foyda 6,43 mln. so‘m, rentabellik ko‘rsatqichi 39,6% ni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish