Sayt test rejimida ishlamoqda

Yusupov Nurali Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona va Andijon viloyatlarida etishtirilgan uzumning xo‘raki navlarini sovutkichli omborlarda saqlashni ilmiy asoslash”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx682.
Ilmiy rahbar: Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Umidov Shavkat Ergashevich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori.
Etakchi tashkilot: Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning Farg‘ona va Andijon viloyatlarida etishtirilgan turli xil uzum navlarini “Sovuq zanjir” tizimini qo‘llagan holda sovutkichli omborlarda saqlashning agrobiologik va texnologik xususiyatlarini saqlanuvchanlikka ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor uzumni “Sovuq zanjir” tizimini qo‘llab saqlanganda uning saqlanuvchanlik darajasi oshirishi, saqlash davomida umumiy yo‘qotish ko‘rsatkichi 2,7% gacha kamayishi isbotlangan; 
xo‘raki uzumni saqlash davomida biokimyoviy ko‘rsatkichlarni saqlanib qolishi Rizamat navida, hamda tovarboplik xususiyatlari saqlanib qolishi Husayne beliy navida eng yuqori bo‘lishi aniqlangan;
tanlab olingan navlarning mexanik xossalarini saqlanuvchanlikka ta’siri va saqlash jarayonida bu xossalarini o‘zgarib borishi ilmiy jihatdan asoslangan, saqlash uchun mo‘ljallangan uzum po‘stining qalinligi 120 mkm dan yuqori bo‘lishi maqbul ekanligi isbotlangan; 
xo‘raki uzum navlarini sovutkichli omborlarda saqlashda “Sovuq zanjir” tizimini qo‘llashning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida etishtirilgan uzumning xo‘raki navlarini sovutkichli omborlarda saqlashni ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Farg‘ona va Andijon viloyatlarida etishtirilgan uzumning xo‘raki navlarini zamonoviy sovitish omborlarida saqlash texnologiyalari bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31 yanvardagi №02/035-15-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma respublikamizning Farg‘ona va Andijon viloyatlarida etishtirilgan turli xil xo‘raki uzum navlarini etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, sovutkichli omborlarida saqlashdagi soha mutaxassislari va ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar, ilmiy tadqiqotchilar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qiladi;
turli xil uzumning xo‘raki navlarini sovutkichli omborlarda saqlashni ilmiy asoslangan holda tashkil etish, uzoq muddat saqlash davomida uzumning sifatiga bevosita ta’sir etuvchi mexanik xossalari va texnologik ko‘rsatkichlari kabi omillarini nazorat qilish Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi uzumchilikka ixtisoslashgan “M. Boymatov” fermer xo‘jaligi qoshida tashkil etilgan 600 tonna sig‘imli sovitkichli omborda 100 tonna uzum hajmiga nisbatan joriy qilindi (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31 yanvardagi №02/035-15-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan texnologiya asosida saqlash jarayoni amalga oshirilganda 89 100 000 so‘m daromad olinib, rentabellik ko‘rsatkichi 81% ni tashkil etgan;
Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi uzumchilikka ixtisoslashgan “Do‘lanalik bog‘bon mevasi” fermer xo‘jaligi qoshida tashkil etilgan 200 tonna sig‘imli sovitkichli omborda 100 tonna uzum hajmiga nisbatan joriy qilindi (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31 yanvar № 02/035-15-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilgan texnologiya asosida saqlash jarayoni amalga oshirilganda 84 470 600 so‘m daromad olinib, rentabellik ko‘rsatkichi 75,0% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish