Sayt test rejimida ishlamoqda

Rahmatullaev Sharofiddin Ne’matullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek xalq ertaklari tilidagi antroponimlarning lingvokul`turologik tadqiqi”,  10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1935.
Ilmiy rahbar: Kilichev Bayramali Ergashovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSs.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Muxammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Xudaynazarov Ikrom Imomovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalq ertaklari tilidagi antroponimlarning etnolingvistik, lingvomadaniy,  milliy-lisoniy, nominatsion-motivatsion asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ertak va dostonlar tili hamda poetikasi, ulardagi ismlar (antroponimlar)ning qo‘llanishining lingvistik birliklar tizimida tutgan o‘rni, mifologik va antropomorfik qarashlarga asoslangani, etnolingvistik va lingvomadaniy jihatdan motivlashishi milliy-lisoniy belgilari, tabu-evfemizmlar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ertaklarda atoqli ot turlari, ism, taxallus, laqab va shaxsni atashlikning turli usullari nominatsion-motivatsion ildizlari asosida animistik, totemistik fantastik, etik-etnologik turlari, obraz va personajlarning xarakter-xususiyati, tug‘ilishi, kasb-hunarini metaforalash asosida isbotlangan;
o‘zbek xalq ertaklari tilidagi antroponimlarning g‘oyaviy-badiiy mohiyatini belgilab kelishi, antropotsentrik, sotsiolingvistik, etnolingvistik, psixolingvistik, pragmalingvistik, lingvopoetik yondashuvning tipologik xususiyatlari aniqlangan;
antroponimika tizimida kipokoristika (erkalatib, kichraytirib atash), leksik qatlamiga ko‘ra o‘z va o‘zlashganligi, tub va yasamaligi, tarkibida indekatorlar keltirilishi, obrazlilik va tasviriylik jihatlari, leksik-semantik, g‘oyaviy-stilistik ifoda vositalarining badiiy-estetik tabiati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq ertaklari tilidagi antroponimlarning lingvokul`turologik tadqiqi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek xalq ertaklaridagi antroponimlar semantikasi, milliy-lisoniy, nominatsion-motivatsion, uslubiy xususiyatlari marosim va urf-odatlari, yashash sharoiti, mentaliteti, tili, poetik tafakkuri bilan bog‘liqligi kabi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish»  hamda FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarni  bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 5 apreldagi 17.04/273-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq ertaklari qahramonlarining nomlanish asoslari yaqinligini dalillash, shu orqali umumturkiy antroponimlarni aniqlash imkonini bergan;
xalq ertaklari tilidagi antroponimlarning g‘oyaviy-badiiy mohiyatini antropotsentrik, sotsiolingvistik, etnolingvistik, psixolingvistik, pragmalingvistik, lingvopoetik yondashuvning tipologik xususiyatlaridan Buxoro davlat universitetida 2020-2021 yillarda bajarilgan A-OT-2021-2-raqamli «Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 17 maydagi 06/03-01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada antroponimikonlarning leksik qatlamlarini, morfologik xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
atoqli ot turlari, ism, taxallus, laqab, nisba va shaxsni atashlikning turli usullari nominatsion-motivatsion ildizlari asosida animistik, totemistik fantastik, etik-etnologik turlari, obraz va personajlarning xarakter-xususiyati, haqidagi ilmiy xulosalardan «Buxoro» telekanalining «Dolzarb mavzu», «Interv`yu plyus», «Assalom, Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 6 apreldagi 1/433-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish