Sayt test rejimida ishlamoqda

Rasulova Rislig‘oy Abdullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston boshqaruv tizimida tatarlar ishtiroki (1917-1924 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar484.
Ilmiy rahbar: Murtazaeva Raxbar Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Rashidov Oybek Rasulovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1917-1924 yillar oralig‘ida Turkistondagi milliy davlatchilik va sovet davlati boshqaruv tizimini shakllantirishda harbiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy jarayonlarda tatarlarning ishtirokini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston qo‘mitasi va o‘lkadagi milliy-demokratik, siyosiy harakatlar hamda Turkiston Muxtoriyati va Turkiston ASSR boshqaruvida S. Maqsudov, A. Davletshin, M. Chanishev, I. Shagiahmedov, O. Klevleev, I. Ubaydullin kabi tatarlarning tutgan siyosiy va huquqiy faoliyati ochib berilgan;
Turkiston harbiy-siyosiy hayotida milliy harbiy qismlarni tuzish va uning boshqaruvi bilan bog‘liq murakkab va ziddiyatli jarayonlarda tatarlardan komandir va siyosiy xodim sifatidagi Yu. Ibrohimov,   Sh. Usmonov, Yo. Chanishev, B. Shigabutdinov, Isomiddinov, I. Sayful`mulyukov va boshqalarning ishtiroki ochib berilib, harbiy-siyosiy xodimlarning Turkiston partiya va sovet organlarining boshqaruv tizimida Markaz va mahalliy aholi manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatli faoliyatlari aniqlangan;
Turkistonda vaqtli matbuotni vujudga kelishi: “Ulug‘ Turkiston”, “El bayrog‘i”, “Hurriyat” “Kengash”, “Ishtirokiyun”, “Yangi Sharq”, “Ko‘mak”, “Farg‘ona sahifasi”, “Sharq”, “Krasnaya Fergana”, “Izvestiya” (TurkSIKa), “Znamya truda” kabi gazeta-jurnallarda K. Bakir, A. Donskoy, B. Soliev, G‘. Tinchurin, H. Fayziy, G. Yunichev,                  T. Fatxullin, X. Makaev, A. Ahmadjonov, M. Gazizov, L. Urmanov, Agniev kabi tatarlarning mas’ul muharrirlik va tahririyatdagi ishtiroki, o‘lka hamda viloyatlar, uezd-shaharlardagi matbaa ishlarini yo‘lga qo‘yish va boshqarishdagi ularning tashkilotchilik faoliyatlari ochib berilgan;
Turkiston Milliy ishlar xalq komissarligi (MIXK) Tatar bo‘limidagi G. Shagidullin, G. Abdurashidov, Yu. Nasibullin, X. Burnashev, Z. Nasibullina va boshqalarning o‘lka boshqaruv tizimida, partiya va sovet organlarida ishtirokini ta’minlashdagi roli, Turkiston o‘lka Farg‘ona viloyat Musulmonlar byurosini shakllanishi, uning boshqaruv tizimida R. Qopqoev, M. Iseev, M. Biserov, O. Makaev kabi tatarlarning keng qamrovli faoliyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkistonda milliy davlatchilik va sovet avtonomiyasi davlat boshqaruvida tatarlar ishtirokiga oid masalalar, ularning faoliyati bilan bog‘liq ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar:
Turkiston qo‘mitasi va o‘lkadagi milliy-demokratik, siyosiy harakatlar hamda Turkiston Muxtoriyati va Turkiston ASSR boshqaruvida S. Maqsudov, A. Davletshin, M. Chanishev, I. Shagiahmedov, O. Klevleev, I. Ubaydullin kabi tatarlarning tutgan siyosiy va huquqiy faoliyati hamda Turkiston harbiy-siyosiy hayotida milliy harbiy qismlarni tuzish va uning boshqaruvi bilan bog‘liq murakkab va ziddiyatli jarayonlarda tatarlardan komandir va siyosiy xodim sifatidagi Yu. Ibrohimov, Sh. Usmonov, Yo. Chanishev, B. Shigabutdinov, Isomiddinov, I. Sayful`mulyukov va boshqalarning ishtiroki ochib berilib, harbiy-siyosiy xodimlarning Turkiston partiya va sovet organlarining boshqaruv tizimida Markaz va mahalliy aholi manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatli faoliyatlari aniqlangan “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi manbalari (eng qadimgi davrlardan 1991 yilgacha) elektron “aqlli kutubxona” platformasi yaratish” mavzusidagi FZ-202007287 raqamli bajarilishi uch yilga mo‘ljallangan amaliy loyiha doirasida foydalanilgan, shuningdek, natijalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining faoliyatida tahlliy ma’lumotlar tayyorlash, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyalarining “1917 yil Fevral` inqilobi”, “Turkiston boshqaruv Muvaqqat qo‘mitasi”, “Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va totalitar tuzumning qaror topishi” mavzuidagi bo‘limlarini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining “Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi va sovet davlati qatag‘on siyosatining boshlanishi (1917-1924 yillar)” fondlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qildi. (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi 2022 yil 07 may 01-01/2561-son ma’lumotnomasi). Natijalardan milliy davlatchilik shakllantirishda o‘lka ziyolilari qatori tatarlar ham boshqaruv tizimida faol qatnashganlari keng qamrovli arxiv manbalari asosida yangi ekspozisiyalarni yaratilishi va keng ommaga taqdim etish imkonini bergan;
Turkistonda vaqtli matbuotni vujudga kelishi: “Ulug‘ Turkiston”, “El bayrog‘i”, “Hurriyat” “Kengash”, “Ishtirokiyun”, “Yangi Sharq”, “Ko‘mak”, “Farg‘ona sahifasi”, “Sharq”, “Krasnaya Fergana”, “Izvestiya” (TurkSIKa), “Znamya truda” kabi gazeta-jurnallarda K. Bakir, A. Donskoy, B. Soliev, G‘. Tinchurin, H. Fayziy, G. Yunichev,                  T. Fatxullin, X. Makaev, A. Ahmadjonov, M. Gazizov, L. Urmanov, Agniev kabi tatarlarning mas’ul muharrirlik va tahririyatdagi ishtiroki, o‘lka hamda viloyatlar, uezd-shaharlardagi matbaa ishlarini yo‘lga qo‘yish va boshqarishdagi ularning tashkilotchilik faoliyatlari yuzasidan ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining Toshkent shahar  Tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil etishda va Markaz bilan o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 13 may 14-07-767-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi qo‘mita faoliyatida madaniy tadbirlar o‘tkazilishida, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarda do‘stlik jamiyatlarining rolini yanada oshirish va aholi hayotidagi ishtirokini kuchayirishga xizmat qilgan;
Turkiston Milliy ishlar xalq komissarligi (MIXK) Tatar bo‘limidagi G. Shagidullin, G. Abdurashidov, Yu. Nasibullin, X. Burnashev, Z. Nasibullina va boshqalarning o‘lka boshqaruv tizimida, partiya va sovet organlarida ishtirokini ta’minlashdagi roli, Turkiston o‘lka Farg‘ona viloyat Musulmonlar byurosini shakllanishi, uning boshqaruv tizimida R. Qopqoev, M. Iseev, M. Biserov, O. Makaev kabi tatarlarning keng qamrovli faoliyati yuzasidan ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalardan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining Toshkent shahar  Tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil etishda va Markaz bilan o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 13 may 14-07-767-son ma’lumotnomasi). Natijalar madaniy tadbirlarni ilmiy jihatdan boyitishga, do‘stlik jamiyatlarining rolini oshirish va aholi hayotidagi ishtirokini kuchayirishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish