Kurbonov Baxodir Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish (noiqtisodiy yo‘nalishlar misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2644.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01. 
Rasmiy opponentlar: To‘rakulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarining noiqtisodiy yo‘nalishlari  talabalarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish metodikasini takomillash-tirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning iqtisodiy kompetentligi mazmuni inson va iqticodiy muhit o‘ptacidagi munocabatlapning xapaktepi va cifat dapajacini aniqlash  hamda “iqtisodiy tafakkur”, “iqtisodiy madaniyat”, “iqtisodiy ong” tushunchalari mazmunbni tahliliy o‘rganish asosida “iqtisodiy komptentlik” mazmuni ijtimoiy ahamiyatli shaxciy cifatlapni kiritish oqali takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalari talabalarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirishning didaktik modeli maqsadli, metodologik, mazmunli, texnologik, natijaviy-baholash komponentlarning uzviyligini ta’minlash hamda ta’lim va iqticodiyotni integpasiyaciga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirish metodikasi iqtisodiy fanlar siklini interaktiv metodlar orqali o‘qitish, auditoriyadan tashqari trening kurslarini tashkil etish hamda ta’lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan (Web-quest, Second Life) foydalanish asosida takomillashtirilgan; 
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllanganlik darajasini baholashning obektivlik xususiyatlari iqtisodiy kompetenlikni baholashga qaratilgan treninglar majmuini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ta’lim jarayonida talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishda iqtisodiy fanlar siklini interaktiv metodlar orqali o‘qitish, auditoriyadan tashqari trening kurslarini tashkil etishga doir taklif va tavsiyalar, trening kurslarini o‘tkazish metodikasi “Iqtisodiy kompetentlikni shakllantirishda treninglarni tashkil etish metodikasi va dasturi” o‘quv-didaktik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 01 noyabrdagi 02/01-01-59-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’minot bo‘lajak mutaxassislarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishda ta’lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan (Web-2.0, Web-quest, Second Life, LMS Moodle) foydalanishga qaratilgan "Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalari" elektron-didaktik ta’minot ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 01 noyabrdagi 0/01-01-59-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron-didaktik ta’minot ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan, biznes treninglar, moliyaviy resurslarni boshqarishga qaratilgan treninglar, kommunikativ kompetensiyani shakllantiruvchi treninglar, muloqot treninglari, o‘z komandasini shakllantirishga qaratilgan treninglarni o‘tkazish metodikasini o‘z ichiga olgan hamda mustaqil ta’limda talabalarni biznes treninglar orqali iqtisodiy kompetentligini shakllantirishni amalga oshirish jarayonini yoritib berishga qaratilgan “Iqtisodiy kompetentlikni shakllantirishda trening kurslarni tashkil etish dasturi” ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 01 noyabrdagi 0/01-01-59-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur mustaqil ta’limda iqtisodiy kompetentlikni shakllantirishda talabalarning kommunikativlik, moliyaviy resurslarni boshqarish kabi qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish