Xudayqulov Rashidbek Mansurjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sho‘rlangan gruntli yo‘l poyi ko‘tarmasining hisobiy tavsiflarini asoslash», 05.09.02–Asoslar, poydevorlar, er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T17.
Ilmiy rahbar: Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Xojmetov Gaybnazar Xadievich, texnika fanlari doktori, professor; Qalandarov Toshpulat Xasanovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy va barqarorlashtirilgan sho‘rlangan gruntli yo‘l poyi ko‘tarmasining hisobiy tavsiflarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sho‘rlangan gruntlardan iborat yo‘l ko‘tarmalarining hisobiy ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun mavjud konstruktiv echimlar takomillashtirilgan;
sho‘rlangan gruntlardan qurilgan yo‘l poyi ishchi qatlamining ko‘rsatkichlarini uning tarkibidagi tuzlarning miqdori va turiga nisbatan funksional bog‘liqliklari aniqlangan;
sho‘rlangan gruntlarning namligini aniqlash usuli yo‘l poyi ko‘tarmasidagi gruntlarning mavjud namligini o‘rganish orqali takomillashtirilgan;
sho‘rlangan gruntlarning strukturaviy bog‘liqliklari va xossalarini yuza-faol modda yordamida yaxshilash usuli mavjud gruntlarni barqarorlashtiruvchilar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sho‘rlangan gruntlarning hisobiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sho‘rlangan gruntlardan iborat yo‘l ko‘tarmalarining hisobiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga oid patenti olingan («Bitumli emul`siya» №IAP 05276-2016 y.). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufidagi bir nechta avtomobil` yo‘llaridan foydalanishda gruntlarning ichki ishqalanish burchagi 15%, elastiklik moduli 10%, suvga chidamliligi 25% ga oshgan, ko‘pchish qiymati va muqobil namligini 20% ga kamayish imkoni yaratilgan;
sho‘rlangan gruntlardan qurilgan yo‘l poyi ishchi qatlamining hisobiy ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati avtomobil` yo‘llari hududiy bosh boshqarmasida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 24 noyabrdagi 05-4007-son ma’lumotnomasi). Natijada Dang‘ara tumani yo‘llaridan foydalanish unitar korxonasiga qarashli «4R-126 Baliqchi q. – Mingbuloq q. – Nayman q. – Pungan q.» II toifali avtomobil` yo‘lining 82–88 km bo‘lagida avtomobil` yo‘lining foydalanish davriyligini bir necha yilga uzaytirish imkoni yaratilgan;
tadqiqotning asosiy natijalari me’yoriy hujjatlarda, jumladan IQN 56-10 raqamli «Sho‘rlangan gruntlarda yo‘l poyini loyihalash va qurish bo‘yicha tavsiyalar», IQN 70-12 raqamli «Yo‘l poyining suv-issiqlik tartibini boshqarishni loyihalash uslublari bo‘yicha qo‘llanma», IQN 84-13 raqamli «O‘zbekistonning turli regionlarida avtomobil` yo‘llari gruntlarining zichlik normalari bo‘yicha yo‘riqnoma», IQN 104-14 raqamli «Avtomobil` yo‘llarini loyihalashda yonbag‘ir va qiyaliklarning turg‘unlik darajasini hisoblash bo‘yicha yo‘riqnoma», IQN 113-16 raqamli «Avtomobil` yo‘llarining kengaytiriladigan uchastkalaridagi yo‘l poyining turg‘unligi va mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma», IQN 121-17 raqamli «Yuqori namlikdagi gruntlardan avtomobil` yo‘llarining poyini qurish buyicha yo‘riqnoma»larga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 24 noyabrdagi 05-4007-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘l poyining mustahkamligi ortishi hisobiga yo‘lning xizmat muddatini oshirish imkoni yaratilgan.