Qodirova Odina Djurabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalar emotsional intellektini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.RhD/P141.
Ilmiy rahbar: Xalimova Mashraboy Vaxidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Jabbarov Azim Meliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlik xususiyatlarini shakllanish jarayonini ochib berish orqali amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy identifikatsiyaning refleksiv jarayonlar bilan o‘zaro uyg‘un ifodalanishi tufayli empatiya muhim psixologik xususiyat ekanligi dalillangan; 
talabalarda emotsional intellektning rivojlanganlik darajasi suxbatdoshning hissiy holati va noverbal muloqot harakatlarini tushunish ko‘nikmasining ijtimoiy ma’suliyat, konstruktiv hamkorlik xususiyatilari negizida differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ijtimoiy intellektning shakllanganlik darajasi bilan to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan;
emotsional intellektning ratsional komponentlarini talabalarda rivojlanganlik darajasiga ko‘ra impul`s nazorat (o‘z his-tuyg‘ularini ushlay olish, tashvishlardan saqlanish qobiliyati), stressga chidamlilik (o‘z his-tuyg‘ularini boshqara olish, vaziyatdan tez chiqib ketish qobiliyati) xususiyatlarini xulqda adaptiv ifodalanishi orqali refleksiv xususiyatlarni baholash mumkinligi isbotlangan; 
talabalar va o‘qituvchilar bilan shaxslararo munosabatlaridagi emotsional kommunikativ xususiyatlarini yuqori darajada namoyon bo‘lishi natijasida tafakkur egiluvchanligi, optimizmning hamkorlikdagi faoliyatni boshqarishdagi ijtimoiy persepsiya xususiyati bilan integrativ  shakllanishi tufayli, emotsional intellektni rivojlantiruvchi tarkibiy komponent ekanligi isbotlangan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlik xususiyatlarini shakllantirishning psixologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy identifikatsiyaning refleksiv jarayonlar bilan o‘zaro uyg‘un ifodalanishi tufayli empatiya muhim psixologik xususiyat ekanligi dalillanganligi doir ilmiy natijalari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy-psixologik trening” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologiya o‘quv-ilmiy markazida tashkil etiladigan «Ijod psixologiyasi» va «Tafakkur psixologiyasi» kabi o‘quv kurslarida kreativlikning tayanch mezonlari va uni shakllantirish bo‘yicha eng so‘ngi ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;
talabalarda emotsional intellektning rivojlanganlik darajasi suxbatdoshning hissiy holati va noverbal muloqot harakatlarini tushunish ko‘nikmasining ijtimoiy ma’suliyat, konstruktiv hamkorlik xususiyatilari negizida differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ijtimoiy intellektning shakllanganlik darajasi bilan to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslanganligi bo‘yicha yangiligi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 22 noyabrdagi 02/08/1497-son ma’lumot nomasi). Natijada Markazning bolalarda orzuga intilish, ijodiy fikrlash, yaratuvchanlik, ichki qobiliyatlarni yuzaga chiqarishga qaratilgan aqliy va xarakatli o‘yinlar va o‘yinchoqlarning «Bolalar dunyosi» variativ o‘yinlar majmuasini ishlab chiqish bilan bog‘liq ishlar boyitilgan;
emotsional intellektning ratsional komponentlarini talabalarda rivojlanganlik darajasiga ko‘ra impul`s nazorat (o‘z his-tuyg‘ularini ushlay olish, tashvishlardan saqlanish qobiliyati), stressga chidamlilik (o‘z his-tuyg‘ularini boshqara olish, vaziyatdan tez chiqib ketish qobiliyati) xususiyatlarini xulqda adaptiv ifodalanishi orqali refleksiv xususiyatlarni baholash mumkinligi isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son buyrug‘iga asosan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya jarayonida kreativlikni rivojlantiruvchi ishlarda uning ijtimoiy kapital bilan bog‘liq xususiyatlariga doir ilmiy bilimlar boyitilgan;
talabalar va o‘qituvchilar bilan shaxslararo munosabatlaridagi emotsional kommunikativ xususiyatlarini yuqori darajada namoyon bo‘lishi natijasida tafakkur egiluvchanligi, optimizmning hamkorlikdagi faoliyatni boshqarishdagi ijtimoiy persepsiya xususiyati bilan integrativ  shakllanishi tufayli, emotsional intellektni rivojlantiruvchi tarkibiy komponent ekanligi isbotlanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son buyrug‘iga asosan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-42-a-son va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 22 noyabrdagi 02/08/1497-son ma’lumotnomalari). Natijada kreativlik xususiyatlarini shakllantirish ishlarining natijadorligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish