Dalimova Nilufar Melibaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli avlod vakillari hayotiy qadriyatlarining ijtimoiy-psixologik determinantlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/P56.
Ilmiy maslahatchi: Karamyan Marietta Xachaturovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01. 
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qahharova Matlyuba Manafovna, falsafa fanlari doktori, professor; Baratova Dilafro‘z Sharifovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli avlod vakillari hayotiy qadriyatlarining ijtimoiy-psixologik determinantlarini nazariy-metodologik va empirik asoslash hamda uni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli avlod vakillarining qadriyatlar tizimi shakllanganligiga ko‘ra normativ ideallar, individual ustuvorlik, konformlilik, gedonizm, stimulyasiya, universallik va mentallik  xususiyatlari avlodlarning differensiatsiyasi bilan bog‘liq ravishda rivojlanishi aniqlanib, ular orasidagi ishonch darajasidagi farqlar isbotlangan;
bebi-bumer, X, Y, Z avlod vakillarining hayot mazmunini yo‘nalganligi, «Lokus nazorat-men», «Lokus nazorat-hayot», hayotiy turg‘unlik va ekzistensiya ko‘rsatkichlari ijtimoiy-psixologik omillar kontekstida integrativ namoyon bo‘lishiga asoslanib, qadriyatlar tizimining normativ ideallar va individual ustuvorlik komponentlarida differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
turli avlod vakillarining qadriyatlarida mustaqillik, mehribonlik, konformlilikning o‘ziga xos integrativ namoyon bo‘lishi tufayli hayot mazmunini yo‘nalganligi, hayotiy turg‘unlik va ekzistensiya ko‘rsatkichlari normativ ideallar, individual ustuvorlik, mentallik va qo‘rquvlarning ijtimoiy-psixologik determinantlari ekanligi isbotlangan;
oilaviy qadriyatlarning oila xarakteristikasi, ijtimoiy-demografik xususiyatlarga muvofiqligiga ko‘ra, «oila tarixini bilish», «oila chegaralarining o‘tkazuvchanligi», «qarindoshlarning jipsligi» ko‘rsatkichlarini jins va hududiy tafovutlarga bog‘liq ravishda ifodalanishi dalillangan; 
turli avlod vakillarining hayotiy qadriyatlarini differensial ifodalanishiga ko‘ra nazariy-metodologik tahlil hamda empirik tadqiqot natijalariga asoslanib, avlodlarning emotsional, mentallik, kommunikativ funksiyalarini o‘zaro integrativ rivojlanishini yoritib beradigan «Avlodlar dialogi» hamda «Ta’lim va mahalla tizimlarida qadriyatlarni shakllantirish» ijtimoiy-psixologik modellari kiritish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli avlod vakillari hayotiy qadriyatlarining ijtimoiy-psixologik determinantlarini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
turli avlodlarning normativ ideallar, individual ustuvorlik, konformlilik, gedonizm, stimulyasiya, universallik va mentallik  xususiyatlari avlodlarning differensiatsiyasi bilan bog‘liq ravishda barqaror rivojlanishi aniqlanib, ular orasidagi ishonch darajasidagi farqlar isbotlanganligi to‘g‘risidagi yangiligi «Ijtimoiy fikr» Markazi faoliyatiga joriy qilingan («Ijtimoiy fikr» Markazining 2022 yil 19 sentyabrdagi 01-16/221-son dalolatnomasi). Natijada avlodlar o‘rtasidagi qadriyatlarni o‘rganishda, yosh avlodni o‘z qadriyatlarimiz asosida tarbiyalashdagi muhim usullar boyitilgan;
bebi-bumer, X, Y, Z avlod vakillarining hayot mazmunini yo‘nalganligi, «Lokus nazorat-men», «Lokus nazorat-hayot», hayotiy turg‘unlik va ekzistensiya ko‘rsatkichlari ijtimoiy-psixologik omillar sifatida asoslanib, ularda namoyon bo‘ladigan farqlar qadriyatlarning komponentlari bilan bog‘liqligi bo‘yicha ilmiy natijalar «Ijtimoiy fikr» Markazi faoliyatiga joriy qilingan («Ijtimoiy fikr» Markazining 2022 yil 19 sentyabrdagi 01-16/221-son dalolatnomasi). Natijada turli avlod vakillari muammolarini ochish, muammolarni mohiyati va tabiatini aniqlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan, ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik jabhalarini tushunish bilan bog‘liq sotsial-psixologik tadqiqot ma’lumotlarini tizimli tahlil qilish imkonini bergan;
hayot mazmunini yo‘nalganligi, hayotiy turg‘unlik va ekzistensiya ko‘rsatkichlari normativ ideallar, individual ustuvorlik, mentallik va qo‘rquvlarning ijtimoiy-psixologik determinantlari ekanligi aniqlanib, turli avlod vakillarining qadriyatlari bilan bog‘liqligi isbotlanganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiligi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatiga joriy qilingan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 26 avgustdagi 01-09/1017A-son dalolatnomasi). Buning natijasida respublikamizdagi mahallalarda oilaviy qadriyatlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha institut tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari metodologik jihatdan boyigan, joylarda muammolarni bartaraf etish va ajrimlarni qisqartirish maqsadida mahallalarga takliflar ishlab chiqishda xizmat qilgan;
oilaviy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari oila xarakteristikasi, ijtimoiy-demografik xususiyatlarga muvofiqligiga ko‘ra, «oila tarixini bilish», «oila chegaralarining o‘tkazuvchanligi», «qarindoshlarning jipsligi» ko‘rsatkichlari jins va hududiy tafovutlarga bog‘liq ravishda shakllanishi  aniqlanganligi to‘g‘risidagi yangiligi «Mahalla va oila» ITI tomonidan ishlab chiqilayotgan «Baxt indeksi»ni o‘rganishga doir tadqiqotlarda foydalanilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 26 avgustdagi 01-09/1017A-son dalolatnomasi). Natijada esa O‘zbekistondagi oilalarning baxtlilik indeksini o‘lchashga doir tadqiqot ilmiy-amaliy jihatdan boyitilgan;
turli avlod vakillarining hayotiy qadriyatlari bo‘yicha nazariy-metodologik tahlil hamda empirik tadqiqot natijalariga asoslanib, avlodlarning emotsional, mentallik, kommunikativ funksiyalarini o‘zaro integrativ rivojlanishini yoritib beradigan «Avlodlar dialogi» hamda «Ta’lim va mahalla tizimlarida qadriyatlarni shakllantirish» ijtimoiy-psixologik modellari yaratilganligi ilmiy xodimlarni ilmiy-tadqiqotga tayyorlashda, mahalla faollarining malakasini oshirish jarayonida foydalanilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 26 avgustdagi 01-09/1017A-son dalolatnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot loyihalarining maqsadli amalga oshirilishi, mahalla faollarining turli avlod vakillari qadriyatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida xabardorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish