Suletbaeva Ella Serikbaevnaning
falsafa doktori (PhD dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning echimlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/P61.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik muammolarini ochib berish va ularni hal etish yo‘llarini ishlab chiqish orqali ushbu tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy rollarga identifikatsiyaning oilaning felisitologik funksiyasi bilan uyg‘unlashuvi simpatiya hissini kuchaytirganligi tufayli nikohga psixologik etuklikni belgilovchi sekulyar va sakral omillarning o‘rni muhim ekanligi dalillangan;
qorapalpog‘ yoshlarida oilaviy baxt hissiga munosabatni shakllanishida nikohga intellektual etuklikning empatiya hissi bilan uyg‘un rivojlanishini o‘g‘il va qiz bolalarda differensial namoyon bo‘lishi tufayli yoshga oid gender xususiyatlarning mavjudligi isbotlangan;
qoraqalpog‘ yoshlarini oilaviy hayotga tayyorlashda «rollarni taqqoslash maydoni», «qadriyatlar tizimi», «oilaning moddiy va ahloqiy tushunchalari»ning integrativ rivojlanishiga asoslanib, oilaviy qadriyatlarni baholashdagi refleksiv munosabatning ustuvor harakterga ega ekanligi isbotlangan;
oiladagi emotsional munosabatlarning dinamik xususiyatlariga ko‘ra, «o‘zaro tushunish», «hissiy yaqinlik», «o‘zaro hurmat» hislarini ambivalent namoyon bo‘lishini ijtimoiy persepsiya ta’sirida kuchayishi tufayli, oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirishda «oilaviy imunitet» usulini qo‘llash optimal ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston yoshlarini oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning echimiga doir tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ijtimoiy rollarga identifikatsiyaning oilaning felisitologik funksiyasi bilan uyg‘unlashuvi simpatiya xissini kuchaytirganligi tufayli nikohga psixologik etuklikni belgilovchi sekulyar va sakral omillarning o‘rni muhim ekanligi dalillanganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-26-a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-26-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilada farzandni to‘g‘ri tarbiyalash, ularni barkamol avlod bo‘lib etishishida to‘sqinlik qilayotgan muammolar to‘g‘risida yosh oilalarga ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy tarviyalar berilgan;
qorapalpog‘ yoshlarida oilaviy baxt hissiga munosabatni shakllanishida nikohga intellektual etuklikning empatiya hissi bilan uyg‘un rivojlanishini o‘g‘il va qiz bolalarda differensial namoyon bo‘lishi tufayli yoshga oid gender xususiyatlarning mavjudligi isbotlanganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-26-a-son buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-26-a-son ma’lumotnomasi). Natijada «Oila psixologiyasi» kursini o‘qituvchi pedagog-psixologlar hamda oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatishga tayyorlanuvchi psixolog mutaxassislar kasbiy kompetentlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
qoraqalpog‘ yoshlarini oilaviy hayotga tayyorlashda «rollarni taqqoslash maydoni», «qadriyatlar tizimi», «oilaning moddiy va ahloqiy tushunchalari»ning integrativ rivojlanishiga asoslanib, oilaviy qadriyatlarni baholashdagi refleksiv munosabatning ustuvor harakterga ega ekanligi xususidagi yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-26-a-son buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-26-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni oila psixologiyasi yo‘nalishida nosog‘lom ijtimoiy psixologik muhitda tarbiyalanayotgan oila farzandlari bilan individual ishlash malaka va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
oiladagi emotsional munosabatlarning dinamik xususiyatlariga ko‘ra, «o‘zaro tushunish», «hissiy yaqinlik», «o‘zaro hurmat» hislarini ambivalent namoyon bo‘lishini ijtimoiy persepsiya ta’sirida kuchayishi tufayli, oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirishda «oilaviy imunitet» usulini qo‘llash optimal ekanligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-26-a-son buyrug‘iga asosan «Etnopsixologiya va din psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-26-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog mutaxassislarni etnopsixologiya yo‘nalishida turli xil oilalarda tarbiyalanayotgan farzandlar bilan individual ishlash malaka va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatlari yaratilgan.