Tuychieva Malika Nabievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): ““Oʻzbekiston yoʻlovchi” elektrovozlarini tortish rejimida nostandart holatlarda boshqarish sxemalarini funksional diagnostika qilish tizimini takomillashtirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2418.
Ilmiy rahbar: Berdiev Usan Turdievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Otabek Rustamovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Tursunov Xurshid Maxmudjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi “Oʻzbekiston-yoʻlovchi” elektrovozlarni nostandart holatlarda boshqarish sxemalarini funksional diagnostika qilish tizimini takomillashtirish yo‘li bilan asinxron tortuv elektr dvigatellaridan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nostandart holatlarda tortuv elektr dvigatellarini nesimmetrik yuklama sharoitlarida sifatli ishlashi uchun, kenglik-impul`sli fazoviy vektor modulyasiyasi asosida lokomotivlarning nostandart ish rejimlarini boshqaruv tizimlarini funksional diagnostika qilish konsepsiyasi va usuli asoslangan va takomillashtirilgan;
parametrlarni nazorat qilish va boshqarishning bir xillashtirilgan tizimini olish uchun zamonaviy qurilmalar asosida elektrovozlarning nostandart ish rejimlarida tortuv elektr dvigatellarning diagnostik parametrlarini o‘lchash usuli takomillashtirilgan;
nostandart holatlarda boshqaruv tizimlar elementlari parametrlarini hisoblash uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, poezdlarni tortishda energetik resurslar xarajatlari natijalarini tahlil qilish usuli asosida matematik modeli takomillashtirilgan;
elektrovozlarni xavfsiz harakatlanishida maksimal tortish kuchiga erishish va sirpanishdan himoyalashni ta’minlash uchun, chastotali rostlash asosida nostandart holatlarda tortuv elektr yuritmalarni boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nostandart holatlarda funksional diagnostikalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘zbekiston” lokomotiv deposida joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 13 sentyabrdagi №01/3119-21 son ma’lumotnomasi). Natijada tortuv dvigatellarining benuqson, ishonchli ishlashini ta’minlash, elektrovozlarga texnik xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, ish resursini, ish qobiliyatini ko‘paytirish va harakat xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan.
Ishlab chiqilgan funksional diagnostika qilish dasturi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘zbekiston” lokomotiv deposida joriy qilingan (“O‘zbekiston” lokomotiv deposining 2021 yil 15 avgustdagi joriy etilganlik akti). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 98,494 mln (to‘qson sakkiz million to‘rt yuz to‘qson to‘rt ming) so‘mni tashkil etgan.