Kasimov Obidjon Toirdjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ sharoitida lokomotivlarning tormozlash kolodkalari ishining samaradorligi va ishonchligini oshirish”, 05.08.05 – «Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.2. PhD/T1766.
Ilmiy rahbarning: Fayzibaev Sherzod Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.15/31.08.2022.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xromova Galina Alekseevna, texnika fanlari doktori, professor; Tursunov Xurshid Maxmudjanovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: magistral teplovozlarning «bandaj-tormoz kolodka» tizimini dinamik yuklashda tormoz kolodkalarining bosish kuchini optimallashtirish, «bandaj-tormoz kolodka» tizimining ishonchli ishlashini ta’minlash metodikasini asoslab berish orqali teplovozlarning harakat xavfsizligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
magistral teplovozlarning tormoz kolodkalari materiali tarkibidagi fosfor miqdorining kolodka-g‘ildirak orasidagi ishqalanish koeffitsentiga bog‘likligini hisoblash usuli, poezdning tezligining kolodka va g‘ildirak juftligi orasidagi ishqalanish koeffitsentini baholashni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
teplovozlarning g‘ildirak-kolodkali tormozlanishda lokomotiv g‘ildirak juftligi yuklanishining kvazistatik hisoblash usuli, g‘ildirak juftligi bandajlari yuza qatlamlarining tormoz kolodkalari bilan kontaktlashuvini dinamik modelini Ostrogradskiy-Gamilton funksiyasini qo‘llash, hamda raqamli tadqiqotlari MATHCAD 15 dasturiy ta’minot orqali ishlab chiqilgan;
lokomotivlarni tormozlanish paytida tormoz kolodkalari va bandajlarining materialidagi haroratini tormoz sikliga bog‘likligi, tormoz kolodkalari va bandajlar yuzalarining edirilish miqdori matematik tenglamalar bilan asoslanib, MATHCAD 15 dasturiy ta’minot orqali raqamli tadqiqotlari aniqlangan;
UzTE16M teplovozining harakat xavfsizligini oshirish «bandaj-tormoz kolodka» tizimining ishonchli ishlashini ta’minlash metodikasi ishlab chiqilib, UzTE16M teplovozi tormoz kolodkalarida yuzaga keladigan haroratni o‘lchash metodikasi Qarshi va Termiz lokomotivlarni ta’mirlash depolarida amaliyotga joriy qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Magistral teplovozlarning g‘ildirak juftliklari bandajlari yuza qatlamlarining tormoz kolodkalari balan kontaktlanish maydonida dinamik yuklanish modellarini asoslab berish va yuk poezdining ratsonal tormozlanish sikllarini baholash asosida:
g‘ildirak juftligining bandaj ishchi yuzalarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan cho‘yan tormoz kolodkalarini ishlab chiqish uchun richag uzatmalar va ilgak o‘qi orasidagi masofalarni kamaytirib modernizatsiya qilingan uzatma turlarini ishlab chiqish, o‘rkachsiz tormoz kolodkalarining yangi konstruksiyalarini, shuningdek, o‘rkach ostida chuqur ilgakli tormoz kolodkalarini ishlab chiqishni amalga oshirilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 28 noyabrdagi №02/4234-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, «bandaj-tormoz kolodka» tizimining ishonchliligini ta’minlash uchun GOST 33421-2015 bo‘yicha temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi uchun kompozit va metall-keramika tormoz kolodkalarini keng qo‘llash kerak; bir vaqtning o‘zida, standart cho‘yan kolodkalari bilan solishtirganda, kompozit kolodkalarning edirilishga chidamliyligi qarib uch baravar yuqori ekanligi aniqlangan.
tormoz kolodkalarining edirilishga chidamlilikni oshirish maqsadida bir vaqtning o‘zida friksion jihatlarni yaxshilash bilan tarkibidagi fosfor miqdori 1,0-1,4% gacha bo‘lgan cho‘yan kolodkalar qo‘llash ta’mirlashni Qarshi va Termiz lokomotivlarni ta’mirlash depolarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasining 2022 yil 3 noyabrdagi amalga oshirish dalolatnomasi). Natijada taklif etilgan echimlarni qo‘llash bandajlar o‘rkachlarning shikastlanishini bartaraf qilish va edirilishga chidamliylikni 20-40% ga oshirish imkonini bergan.
UzTE16M turdagidagi teplovozlarning tormozlanish jarayonida tormoz kolodkalarning haroratini o‘lchash metodikasi Qarshi va Termiz lokomotiv depolarida, hamda UzTE16M teplovozining foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida «bandaj-tormoz kolodka» tizimining ishonchliligini ta’minlash, harakat xavfsizligini oshirish bo‘yicha yangi metodologiya amaliyotga joriy etilgan (Termz lokomotivlarning ta’mirlash deposining 2022 yil 9 avgustdagi va Qarshi lokomotivlarning ta’mirlash deposining 2022 yil 24 avgustdagi amalga oshirish dalolatnomalari). Natijada, UZTE16M teplovozining foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida «bandaj-tormoz kolodka» tizimining ishonchliligini ta’minlash va harakat xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha biz taklif qilgan yangi usulni joriy etilish uning mustahkamligi, ishonchliligini oshirib va g‘ildirak juftligi bandajlari chidamliligi va foydalanish muddatini 8-10 yilga uzaytirash imkonini bergan.