Kandaxorov Sanjar Ishratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sanoat chiqindilari qo‘llanilgan konstruksion issiqlik izolyasiyalovchi gazobeton”, 05.09.05 – “Qurilish materiallar va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2553.
Ilmiy rahbar: Shaumarov Said Sanatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xasanov Baxriddin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Il`yasov Allanoazar Torexanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Po‘lat eritish jarayonida hosil bo‘ladigan shlak hamda chiqindi kvars qumi yordamida issiqlik izolyasiyalovchi gazobeton olish, uning tarkibini takomillashtirish, strukturasini va fizik-mexanik xossalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Quyuv mexanika zavodi” ShKning chiqindi qumi va po‘lat eritish shlakini kompozision tarzda gazobeton tarkibiga ilk bor birgalikda kiritilishi natijasida gazobeton strukturasini maqsadli shakllantirish hisobiga uning oldindan belgilangan xossalariga ega bo‘lishi nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida isbotlangan;
gazobeton qorishmasi tarkibiga faol reaksion va kimyoviy birikmalarga ega bo‘lgan po‘lat eritish shlakini kiritish hisobiga sement miqdorini iqtisod qilish imkoniyati asoslab berilgan;
gazobeton tarkibiga kiritilayotgan chiqindi kvars qumini mayda dispersligi hisobiga hosil bo‘luvchi mikrog‘ovaklar gazobetonning hajmi bo‘yicha teng taqsimlangan mikrostruktura hosil bo‘lishi ilmiy asoslangan;
sanoat chiqindilari miqdori bo‘yicha gazobetonning o‘rtacha zichligi va mustahkamligini ifodalovchi matematik regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan hamda talab etilgan gazobeton markasini olish uchun g‘ovakbeton optimal tarkibini loyihalovchi kompyuter hisobiy dasturlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat chiqindilari qo‘llanilgan g‘ovakbeton strukturasini hosil bo‘lish qonuniyatlari va texnologiyasini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
olingan g‘ovakbeton tarkiblari “EVRO STROY-777” MChJ va “SOORUJENIE-PROEKT”MChJ gazobeton ishlab chiqarish korxonalarida joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2022-yil “23” sentyabrdagi 05/15-2404-son ma’lumotnomasi). Natijada, gazobeton mustahkamligini oshirish bilan birga, sement sarfini 11-13 foizga, qum sarfini 14-16 foizga qisqartirish imkoniyati yaratilgan. Bunda kutilayotgan iqtisodiy samara 1 m3 beton uchun o‘rtacha 52 210 so‘mni, bir yilda esa
375,912 mln. so‘mni tashkil etadi.