Ismoilov Muxriddin Tulkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori tezlikdagi analog axborotlari kirish qurilmalarining aniqligi va shovqinga turg‘unligini oshirish », 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1819
Ilmiy rahbar: Jumaev Odil Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, professor; Plaxtiev Anatoliy Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shovqin, xalaqit va g‘alayonlarni dasturiy filt`rlash orqali o‘lchash tizimlari uchun yuqori aniqlik va shovqinga bardoshli interfeys qurilmalarini ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘lchash tizimlarining shovqinga turg‘unligini oshirish qurilmalari va usullarini tahlil qilish asosida o‘lchash tizimlarining dinamik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradigan kirish signalini raqamli filtrlash uslubiyati ishlab chiqilgan;
rezistiv elementlar tomonidan yuqori chastotali buzilishlar va halaqitlarda hosil bo‘ladigan, flikker shovqinning ta’sirini hisobga oladigan, uzoq o‘lchash davrini talab qiladigan jarayonlarda o‘lchash tizimining shovqinga turg‘unligini oshiradigan kirish signalining dispersiyasini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
tasodifiy jarayonlar ta’sirida yuzaga keladigan, o‘lchash tizimlarining aniqlik xususiyatlariga ta’sir qiladigan, oq shovqinni bartaraf etish koeffisientini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘lchash tizimining aniqligini oshiradigan, uning dinamik xarakteristikasini silliqlovchi, kirish signali parametrlarining qiymatlarini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mikroprotsessorli o‘lchash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
rezistiv elementlar tomonidan yuqori chastotali buzilishlar va halaqitlarda hosil bo‘ladigan, flikker shovqinning ta’sirini hisobga oladigan, uzoq o‘lchash davrini talab qiladigan jarayonlarda o‘lchash tizimining shovqinga turg‘unligini oshiradigan kirish signalining dispersiyasini hisoblash algoritmi Kon-metallurgiya kombinati Markaziy Kon boshqarmasining GMZ-7 da joriy qilingan (Navoiy Kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2022 yil 20 sentyabrdagi 26.01-01-05/1106-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlarni kiritish qurilmalarining aniqligi va shovqinga chidamliligini oshirish, texnologik rejimlarini barqarorlashtirish va asbob-uskunalar va sanoat qurilmalarining samaradorligini oshirish imkonini bergan;
o‘lchash tizimining aniqligini oshiradigan, uning dinamik xarakteristikasini silliqlovchi, kirish signali parametrlarining qiymatlarini hisoblash algoritmi Kon-metallurgiya kombinati Markaziy Kon boshqarmasining GMZ-7 da joriy qilingan (Navoiy Kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasining 2022 yil 20 sentyabrdagi 26.01-01-05/1106-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonning texnologik rejimlarini barqarorlashtirish, energiyani boshqarish sifati va aniqligi, yoqilg‘ini tejash va mahsulot tannarxini pasaytirish natijasida 2-3% iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.