Ayimbetova Zamira Maksetbay qizi ning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «I.Yusupov she’riyatida fol`klorizm: evolyusiya, o‘zlashtirish tiplari», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1914.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nurjanov Perdebay Erjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sayimbetov Sharafatdin Urakbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi I.Yusupov she’riyatida fol`klorizmlar, ularning evolyusiyasi va o‘zlashtirish tiplarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
I.Yusupov ijodining fol`klor an’analariga ijodiy va yangicha munosabati, fol`klor poetikasi bilan uslubiy aloqasi, naql-maqollar, frazeologizmlar va xalq poetik leksikasi sodda fol`klorizmni hosil qilganligi, rivoyat, afsona, doston va aytimlarning elementlari epizodli analitik fol`klorizmni, fol`klor materiallarini asarning syujetiga badiiy singdirish sintezlashgan fol`klorizmni, xalq tarixini, etnografiyasini, san’atini tasvirlash asosida fol`klor motiv, obraz va janrlari orqali stilizatsiyalashgan fol`klorizmlarni yuzaga keltirgani aniqlangan;
I.Yusupovning fol`klordagi yo‘qlov, ertak, kuldirgi so‘zlar va aytish janrlari asosida yaratgan yozma adabiyotdagi marsiya, aytish, anekdot va adabiy ertak singari janrlar bilan qoraqalpoq yozma adabiyotining janrlar tizimini boyitgani isbotlangan;
shoir poemalaridagi fol`klorizmlar qahramonlar xarakterini yaratishning o‘ziga xosligini ta’minlash, asar tilining emotsional-ekspressivligini orttirish, tasvirlangan voqealikning etnomadaniy kontekstini yaratish va davrning ijtimoiy-siyosiy mazmunini yoritishdagi muhim badiiy-estetik faktor ekanligi qiyosiy-tipologik va badiiy-estetik tahlillar orqali asoslangan;
shoir she’riyatida xususiy ijod na’munalarining fol`klorga aylanish hodisasi mavjud ekanligi asar g‘oyasiga milliy ruxni singdirish, xalqchillikni orttirish uchun xizmat qilgan «bul jer ele zor boladi», «keo‘il keo‘ilden suo‘ isher», «keo‘il keo‘ilge qonaqdur» va boshqa aforizmlari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. I.Yusupov she’riyatidagi fol`klorizmlar, ularning evolyusiyasi va o‘zlashtirish tiplari bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar quyidagi tashkilotlarda joriy qilindi:
I.Yusupov ijodining fol`klor an’analariga ijodiy va yangicha munosabati, fol`klor poetikasi bilan uslubiy aloqasi, naql-maqollar, frazeologizmlar va xalq poetik leksikasi sodda fol`klorizmni hosil qilganligi, rivoyat, afsona, doston va aytimlarning elementlari epizodli analitik fol`klorizmni, fol`klor materiallarini asarning syujetiga badiiy singdirish sintezlashgan fol`klorizmni, xalq tarixini, etnografiyasini, san’atini tasvirlash asosida fol`klor motiv, obraz va janrlari orqali stilizatsiyalashgan fol`klorizmlarni yuzaga keltirganligi hamda shoirning fol`klordagi yo‘qlov, ertak, kuldirgi so‘zlar va aytish janrlari asosida yaratgan yozma adabiyotdagi marsiya, aytish, anekdot va adabiy ertak singari janrlar bilan qoraqalpoq yozma adabiyotining janrlar tizimini boyitganligi bo‘yicha ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F01-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 14 oktyabrdagi 397/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq adabiyotida fol`klorizmlarning evolyusiyasi va tipologiyasi bo‘yicha ilmiy qarashlar yanada chuqurlashtirilgan.
I.Yusupov poemalaridagi fol`klorizmlar qahramonlar xarakterini yaratishning o‘ziga xosligini ta’minlash, asar tilining emotsional-ekspressivligini orttirish, tasvirlangan voqealikning etnomadaniy kontekstini yaratish va davrning ijtimoiy-siyosiy mazmunini yoritishdagi muhim badiiy-estetik faktor ekanligi qiyosiy-tipologik va badiiy-estetik tahlillar orqali asoslangan hamda shoir she’riyatida xususiy ijod na’munalarining fol`klorga aylanish hodisasi mavjud ekanligi asar g‘oyasiga milliy ruxni singdirish, xalqchillikni orttirish uchun xizmat qilgan «bul jer ele zor boladi», «keo‘il keo‘ilden suo‘ isher», «keo‘il keo‘ilge qonaqdur» va boshqa aforizmlari asosida isbotlangan ilmiy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasida I.Yusupov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Ayqulaq» teleko‘rsatuvi, «Ayaziy» rubrikasi uchun ssenariylarni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 31 oktyabrdagi 05-22/630-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning she’riyatga, xususan I.Yusupov she’riyatiga qiziqishi orttirishda va qarashlarini boyitishda xizmat qilgan.