Mamadjanova Gulmira Musinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Davriy nashrlarda lingvokul`turologik birliklarning qo‘llanilishi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil750.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avazxon Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Gafiyatova El`zara Vasilevna, filologiya fanlari doktori, dotsent (Qozon Federal universiteti).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli manbalarda faoliyat yurituvchi lingvokul`turologik birliklarning ilmiy jihatdan identifikatsiyalash (aniqlash, moslanish) jarayonlarini va ulardagi umuminsoniy va milliy komponentning ifodalanish darajasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
"dunyoning milliy lisoniy manzarasi", "lingvokul`turologik birliklar", "konsept", "freym", "lingvokul`turema”, “logoepistema”, “konstanta" tushunchalarining aniqligini aks ettirish, ularning ilmiy hamjamiyatda qabul qilingan “til - madaniyat - etnos” triadasining o‘zaro bog‘liqligi, mazmuniy-tarkibiy zanjirining ilmiy-nazariy asoslari ochib berilgan;
"konsept" atamasini talqin qilishda uning empirik va ekstralingvistik xususiyatini aks ettiruvchi turli xil yondashuvlar: til belgisining ma’nosi (lingvistik va madaniy yo‘nalishlar) va mentalitet (kognitiv yo‘nalish) orqali taqdim etilgan belgining etnik-madaniy va madaniyatlararo shakllanish vositasi sifatida talqin qilish zarurligi ochib berilgan;
lingvokul`turema, konstanta, logoepistema kabi lingvomadaniy birliklarni taqqoslashda ularning ifoda va mazmun xususiyatiga oid frazema, maqol va matallar tarkibida qo‘llanilgan lingvokul`turologik birliklarning o‘ziga xosligi ochib berilib, ularning xalqlar, etnoslar madaniyatidagi o‘rni aniqlangan;
milliy-madaniy komponentli geshtal`t, freymning har biri o‘z milliy konseptiga hamda dunyo lisoniy manzarasining fundamental birligi, mazmuni va semantikasiga xalq madaniyatining ta’siri ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davriy nashrlarda lingvokul`turologik birliklarning qo‘llanilishiga doir xulosalardan:
"konsept" atamasini talqin qilishda uning empirik va ekstralingvistik xususiyatini aks ettiruvchi turli xil yondashuvlar: til belgisining ma’nosi (lingvistik va madaniy yo‘nalishlar) va mentalitet (kognitiv yo‘nalish) orqali taqdim etilgan belgining etnik-madaniy va madaniyatlararo shakllanish vositasi sifatida talqin qilishga hamda "dunyoning milliy lisoniy manzarasi", "lingvokul`turologik birliklar", "konsept", "freym", "lingvokul`turema”, “logoepistema”, “konstanta" tushunchalarining aniqligini aks ettirish, ularning ilmiy hamjamiyatda qabul qilingan “til - madaniyat - etnos” triadasining o‘zaro bog‘liqligi, mazmuniy-tarkibiy zanjirining ilmiy-nazariy asoslari ochib berish to‘g‘risidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universiteti hamkorligida 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 2 dekabrdagi 01-3850-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan lug‘at strukturasining nazariy asosiga hissa qo‘shilgan;
lingvokul`turema, konstanta, logoepistema kabi lingvomadaniy birliklarni taqqoslashda ularning ifoda va mazmun xususiyatiga oid frazema, maqol va matallar tarkibida qo‘llanilgan lingvokul`turologik birliklarning o‘ziga xosligi ochib berilgan, ularning xalqlar, etnoslar madaniyatidagi o‘rni haqidagi xulosalardan «Farg‘ona viloyati telekanali»ning “Assalom, Farg‘ona”, “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Nutq va so‘zlashish madaniyati” sahifalari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 dekabrdagi 389-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning milliy-madaniy xususiyatlari, ilmiy ommabopligi, ta’sirchanligi ta’minlangan.