Ashurova Zulxumor Shodievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy bolalar poeziyasining lingvopragmatik tadqiqi” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil443.
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Jamoliddinova Dilnoza Mirhojiddinovna,  filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Tojieva Gulbahor Norqobilovna, filologiya fanlari doktori, (DSc) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek bolalar she’riyatining yirik vakillari Anvar Obidjon, Olqor Damin, Dilshod Rajab hamda turkiy adabiyot vakillari asarlari tilini, lingvopragmatik xususiyatlarini, ijodkorlar uslubiy manerasini, so‘z qo‘llash, bolalar adabiyotiga qo‘shgan hissasini, matnda konnotativ vazifadoshlikni bajarayotgan til komponentlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
she’riy nutq bo‘laklarini lison-nutq taomili negizida o‘rganishda adabiy me’yor talablarining muhim ahamiyatga egaligi hamda til birligi, nutq birligi, me’yor birligi trixotomiyasi dalolatlangan;
zamonaviy bolalar she’riyatida, xususan, Anvar Obidjon  va turkiy shoirlar ijodida bola tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan  birlamchi va  ikkilamchi metaforik ma’nolar maydoni aniqlangan;
zamonaviy bolalar she’riyatida Anvar Obidjon va Dilshod Rajab hamda turkiy tilli ijodkorlar ijodida xalqona ohanglarning she’riy nutqda o‘ziga xos ahamiyat kasb etganligi dalillangan;
zamonaviy bolalar poeziyasida Dilshod Rajab va turkiy shoirlar ijodida badiiy san’atlarning estetik vazifadoshligi asoslanib, nutq, me’yor birliklarining o‘rni, kinoyaviy va ishoraviy tagma’noning nutq ta’sirchanligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi, ularning she’riy matnda verbal hamda noverbal ifodalanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
she’riy nutq bo‘laklarini lison-nutq taomili negizida o‘rganishda adabiy me’yor talablarining muhim ahamiyatga egaligi hamda til birligi, nutq birligi, me’yor birligi trixotomiyasi hamda zamonaviy bolalar she’riyatida, xususan, Anvar Obidjon  va turkiy shoirlar ijodida bola tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan  birlamchi va  ikkilamchi metaforik ma’nolar maydoni aniqlanganligiga oid   natijalardan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA QQBning 2020 yil 10 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada bolalarga bag‘ishlangan she’riy asarlarda poetik nutqni lison-nutq tamoyili asosida tadqiq qilishda metaforaning lisoniy imkoniyatlari va nutqiy voqelanish tadrijini dalolatlash bo‘yicha tayinli xulosalar chiqarish imkonini bergan;
zamonaviy bolalar she’riyatida Anvar Obidjon va Dilshod Rajab hamda turkiy tilli ijodkorlar ijodida xalqona ohanglarning she’riy nutqda o‘ziga xos ahamiyat kasb etganligi, til va tafakkur uyg‘unlishgi, badiiy matnni sistem butunlikda tadqiqi qilish, umuman, ijodkor-matn-o‘quvchi birligi negizida nazariy jihatdan  o‘rganishda, she’riy matn tarkibida stilistik figuralarning bolalar shoirlari ijodida turli tuman shaklda namoyon bo‘lishiga oid natijalardan va xulosalardan FA-A1-G007 raqamli” Qoraqalpoq xalq maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA QQBning 2020 yil 10 sentyabrdagi 15/09-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash negizida badiiy til odamzod qalbi hamda shuurining, ma’naviy dunyosining  ajralmas qismi sifatida, ijtimoiy faoliyatining asosiy mexanizmi va quroli ekanligi, tildan foydalanishda ijodkorlarning individual poetik mahorati, talanti, iste’dodi badiiy nutq imkoniyatining yuzaga chiqish taomillarining kengaytirishi hamda boyishiga ham o‘ziga xos hissiy-emotsional ta’sir ko‘rsatishi borasidagi qirralarning mukammallashuviga erishilgan;
zamonaviy o‘zbek bolalar she’riyati vakillari Anvar Obidjon, Olqor Damin, Dilshod Rajab hamda ayrim turkiy bolalar shoirlari asarlarining tilshunoslik lisoniy imkoniyati darajalarining lingvopoetik xususiyatlarining nazariy xulosalari, tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatining “STR” davlat telekanalining madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvining “Assalom Samarqand!” mavzusidagi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan va natijalarga erishilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 24 martdagi  01-11/101-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmuni zamonaviy o‘zbek bolalar she’riyati bo‘yicha faoliyat olib borgan ijodkorlar asarlari bilan boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish