Sayt test rejimida ishlamoqda

Bazarova Dildora Baxadirovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat protsessida shaxs huquqlarining protsessual kafolatlari», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu41. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03. 
Rasmiy opponentlar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor; Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida shaxs huquqlarini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketish, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan og‘ir va davomli kasallikka chalingan hollarda ishni sudga qadar yuritish bosqichida guvoh va jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish tartibi va asoslari belgilanishi lozimligi asoslangan;
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzishning muayyan shartlari mavjudligi, xususan bunda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi o‘z harakatlarining mohiyatini hamda berilgan iltimosnomaning oqibatini anglab etishi, iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan keyin berilganligi inobatga olinishi lozimligi asoslangan;
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lsa, shuningdek shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan hollarda aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzilishi mumkin emasligi asoslangan;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan ko‘rsatuvlar olish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud`yaning yozma ruxsatiga asosan faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi hamda gumon qilinayotgan shaxsni ushlab turish muddati haqiqatda ushlangan vaqtdan hisoblanishi lozimligi asoslangan;
shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat ustida ushlash bilan bog‘liq tezkor tadbir amalda yakunlangan yoxud gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi haqidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlarni o‘tkazishdan oldin uning advokat bilan xoli uchrashishi ta’minlanishi shartligi asoslangan;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan shaxsni g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash natijasida olingan ma’lumotlar sud hukmida dalil sifatida tan olinmasligi, shuningdek ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish taqiqlanishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat protsessida shaxs huquqlarining protsessual kafolatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketish, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan og‘ir va davomli kasallikka chalingan hollarda ishni sudga qadar yuritish bosqichida guvoh va jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish tartibi va asoslari belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 
18 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–675-son Qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan 1211 va 1212-moddalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 30 noyabrdagi 37-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi guvoh va jabrlanuvchi ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish jinoyat-protsessual huquqiga yangi institut sifatida kiritilishiga xizmat qilgan;
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzishning muayyan shartlari mavjudligi, xususan bunda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi o‘z harakatlarining mohiyatini hamda berilgan iltimosnomaning oqibatini anglab etishi, iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan keyin berilganligi inobatga olinishi lozimligi lozimligi haqidagi taqliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–675-son Qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan 5861-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 30 noyabrdagi 37-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzilishi mumkin bo‘lgan holatlar va shartlarni belgilashga xizmat qilgan; tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lsa, shuningdek shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan hollarda aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozimligi haqidagi taqliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–675-son Qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan 5861-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 30 noyabrdagi 37-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzilishi mumkin bo‘lmagan holatlar qonunchilikda aniq belgilanishiga xizmat qilgan; 
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchidan ko‘rsatuvlar olish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud`yaning yozma ruxsatiga asosan faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi hamda gumon qilinayotgan shaxsni ushlab turish muddati haqiqatda ushlangan vaqtdan hisoblanishi lozimligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6041-son Farmonining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 10 oktyabrdagi 12/21-76-son-dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchini asossiz so‘roq qilishni oldini olishga, shuningdek shaxsni ushlab turish muddatini hisoblash vaqtini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat ustida ushlash bilan bog‘liq tezkor tadbir amalda yakunlangan yoxud gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi haqidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab u bilan bog‘liq protsessual harakatlarni o‘tkazishdan oldin uning advokat bilan xoli uchrashish ta’minlanishi shartligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6041-son Farmonining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 yil 26 noyabrdagi 27/2-286-21-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi ushlash vaqtida shaxsning advokat bilan ta’minlanish huquqi kafolatlanishiga va shaxsning bunday huquqqa ega bo‘lish vaqti belgilanishiga xizmat qilgan; 
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan shaxsni g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash natijasida olingan ma’lumotlar sud hukmida dalil sifatida tan olinmasligi, shuningdek ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish taqiqlanishi lozimligi oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6041-son Farmonining 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021 yil 26 noyabrdagi 27/2-286-21-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi qonunchilik darajasida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan shaxsni g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash bilan bog‘liq harakatlar taqiqlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish