Sayt test rejimida ishlamoqda

Obidov Jamshidbek G‘ayratjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarni takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3012.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Kambarova Diloram Yusupovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Raximov  Zokir Toshtemirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nishonov Mirkozim Fozilovich, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarni takomillashtirishning nazariy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandis metrologlarning texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (emotsionol-motivatsion, informatsion-kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik) gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
muhandislik ta’limining loyihaviy, tashkiliy va natijaviy komponentlarini texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarni  rivojlantirishga yo‘naltirish maxsus ta’lim texnologiyasining tizimli-funksional modelini tashkil etish orqali kompleksivlik, ko‘rgazmalilik va ob’ektivlik darajalarini aniqlash imkoniyatlari tizimli-funksional, aksiologik, refleksiv hamda futurologik yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarni takomillashtirish sinergetik, germenevtik va  praksiologik yondashuvga ko‘ra o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlarini kengaytirish  asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarini takomillashtirishning metodik ta’minot tizimi umumkasbiy fanlar mazmunini modellashtirish dasturlari bilan integratsiyalash  eksperimental faoliyatni individuallashtirish bilan qayta aloqaga kirishuvining intensivligini kasbiy differensiallashtirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak muhandis metrologlarning texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (emotsionol-motivatsion, informatsion-kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik) gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Mechauz” dasturi bo‘yicha 609564-ERR-1-2019-1-EL-ERRKA2-SVNE-JR raqamli “O‘zbekistonda bakalavriat texnika ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 20 oktyabrdagi 02-07-3657/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak muhandis metrologlarning texnologik determinizm konsepsiyasi asoslarining pedagogik-psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
muhandislik ta’limining loyihaviy, tashkiliy va natijaviy komponentlarini texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarni  rivojlantirishga yo‘naltirish maxsus ta’lim texnologiyasining tizimli-funksional modelini tashkil etish orqali kompleksivlik, ko‘rgazmalilik va ob’ektivlik darajalarini aniqlash imkoniyatlarini tizimli-funksional, aksiologik, refleksiv hamda futurologik yondashuvlar asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar bakalavriat 60711300 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi “Menejment tizimlarida axborot texnologiyalari” fani mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazi 2022 yil 22 sentyabrdagi 02/01-01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada “Menejment tizimlarida axborot texnologiyalari” fani mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarni takomillashtirishning sinergetik, germenevtik va  praksiologik yondashuv orqali o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlarini kengaytirishga oid tavsiyalar “Mechauz” dasturi bo‘yicha 609564-ERR-1-2019-1-EL-ERRKA2-SVNE-JR raqamli “O‘zbekistonda bakalavriat texnika ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni va FZ2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 24 iyundagi 04/11-3715-son dalolatnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarni rivojlantirishning bosqichlari, mazmuni, shakl, metodi va vositalarini yaxlitlikda o‘z ichiga qamrab olgan ta’lim modeli va texnologiyasi ishlab chiqish uchun xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandislarning texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarini takomillashtarishning metodik ta’minot tizimi umumkasbiy fanlar mazmunini modellashtirish dasturlari bilan integratsiyalash  eksperimental faoliyatni individuallashtirish bilan qayta aloqaga kirishuvining intensivligini kasbiy differensiallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 23 iyundagi 06-28-980-son ma’lumotnomasi), shuningdek Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda utkazilgan targibot faoliyatida keng tadbiq etilib, markaz faoliyati bilan bog‘lik ilmiy-nazariy masalalariga bag‘ishlangan materiallarni shakllantirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 23 iyundagi 179-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida texnologik determinizm konsepsiyasi asoslariga doir bilimlarni rivojlantirishning nazariy asoslariga doir tasavvurlarini o‘stirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish