Sayt test rejimida ishlamoqda

Mambetaliev Qayrat Anarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
“Zamonaviy o‘zbek va qozoq she’riyatida shakliy-uslubiy izlanishlar va poetik sintelizatsiya hodisasi (Faxriyor, Ulug‘bek Hamdam, Go‘zal Begim, Eseng‘ali Ravshan, Iran G‘ayib, Aygerim Taji)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2574.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Orazimbetov Kuanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Umurova Go‘zal Hotamovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek va qozoq she’riyatida shakliy-uslubiy izlanishlar hamda sintelizatsiya hodisasi muammosini Faxriyor, Ulug‘bek Hamdam, O‘ljas Sulaymon, Go‘zal Begim, Eseng‘ali Ravshan, Iran G‘ayib, Aygerim Taji kabi ijodkorlarning shakl, mazmun, uslub, obraz, xarakter, syujet va kompozisiya yaratishdagi mushtarakligi, adabiy o‘ziga xosligi, muallif pozisiyasi, mahorati tabiatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotida yuzaga kelgan davriy muammolarning o‘zbek va qozoq she’riyatiga ta’siri an’anaviy va noan’anaviy talqin metodologiyasini barqarorlashtirish hamda uning katta streotipik kechinmalarni to‘ldirishga nisbatan munosabatini belgilash asosida aniqlashtirilgan;   
o‘zbek va qozoq she’riyati mavzu mushtarakligi hamda g‘oyaviy-badiiy butunlik jihatidan yaqinligi badiiy uslubning mushtarakligi va shakliy transformatsiya yaxlitligini jahon she’riyatidan o‘zlashtirilgan adabiy kanonlarning tadrijiy rivojlanish omillarini aniqlashtirish asosida dalillangan;
shakliy-uslubiy talqin tronsformatsiyasida an’ana va noan’ana chegarasida egzistensial g‘oya muvofiqligiga olib boruvchi adabiy yo‘llar mutanosibligi zamonaviy o‘zbek va qozoq she’riyatida syujet hamda g‘oya birligini davr va zamon to‘lqinlarida yuzaga kelgan shakliy-uslubiy yaxlitlik takomilini belgilash orqali asoslangan;
zamonaviy o‘zbek va qozoq she’riyatida shakliy-uslubiy modifikatsiya semantikasiga ta’sir ko‘rsatgan adabiy polotnolar obrazlar talqini konsepsiyasida ijodkor poetik mahoratining muallif ongida kechayotgan o‘zlikni anglash manerasi borasidagi jahon adabiy an’analaridan ta’sirlanish orqali yuzaga kelganligi  dalillangan.
IV. Natijalarning joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek va qozoq she’riyatida shakliy-uslubiy izlanishlar poetik sintelizatsiya hodisasi yaxlitligi va ifodalash shakllarini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida: 
o‘zbek va qozoq she’riyatida shakliy-uslubiy transformatsion izlanishlar davomiyli jihatidan nazariy qarashlari va ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan amalga FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01/112-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va qozoq  guruhlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘zbek va qozoq she’riyatining poetik sintelizatsiya hodisasi takomilida shakllangan individual uslubiy xususiyatlari she’riyatni anglash va yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanishiga, ularning ma’naviy olamini boyitish va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining OT-F1-77 raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” fundamental ilmiy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining 2022 yil 24 maydagi 59/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi asosida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanish va  dunyoqarashini kengaytirishga zamin yaratgan; 
o‘zbek va qozoq she’riyatida asrlar davomida shakllangan janr ichki omillarining yuzaga chiqishning tadrijiy takomiliga oid nazariy qarashlari va ilmiy xulosalari “Balalar әdebietі” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-buyrug‘i, 233-0385-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va qozoq  guruhlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish