Sayt test rejimida ishlamoqda

Bayzakov Jandos Abdazimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Zamonaviy o‘zbek va qozoq nasrida poetologik konstruksiya: ijodkor ideali va obrazlar badiiyati”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2528.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Allambergenov Kengesbay, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek va qozoq nasrida poetologik konstruksiya va ijodiy o‘ziga xoslik masalasi Abay, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, Shukur Xolmirzaev, Dulat Isabekov, Esong‘ali Ravshanov, Murat Boyg‘ut, Nazar Eshonqul, Ulug‘bek Hamdam, Luqmon Bo‘rixon, Isajon Sulton kabi yozuvchilarning syujet va kompozisiya yaratishdagi mushtarakligi, adabiy o‘ziga xosligi, muallif pozisiyasi, mahorati va badiiy xronotop tabiatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotshunosligida yuzaga kelgan qiyosiy-tipologik mushohada tendensiyasining o‘zbek va qozoq adabiyotiga ta’siri janriy-kompozision uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ijodkor idealining qamrovini umumkonstruktiv obrazlar badiiyatiga singdirish asosida aniqlangan;
davr va zamon muammosini hal qilishda yozuvchilar tomonidan qayta ishlangan matn transformatsiyasi modifikatsion birlik negizi asosida tadrijiy takomillashtirilgani asoslangan;
xronologik syujet tipologiyasi kontekstida o‘zbek va qozoq badiiy nasrining rivojiga jahon adabiyotining ta’siri badiiy psixologizmning portret, peyzaj, tush, mifologik kiritma kabi poetik unsurlarining polifonik nutq tabiatini aniqlash asosida dalillangan;
umuminsoniy va milliy  qadriyatlarning har ikki xalq adabiyotida aks etish tamoyillarining falsafiy-estetik asoslari jahon adabiy an’analaridan syujet va kompozisiya yaratishda badiiy psixologizmdan foydalanish manerasini belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek va qozoq nasrida poetologik konstruksiya yaxlitligi va ifodalash shakllarini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida: 
jahon adabiyotshunosligida yuzaga kelgan qiyosiy-tipologik mushohada tendensiyasining o‘zbek va qozoq adabiyotiga ta’siri, janriy-kompozision uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan ijodkor idealining qamrovini umumkonstruktiv obrazlar badiiyatiga singdirish, davr va zamon muammosini hal qilishda yozuvchilar tomonidan qayta ishlangan matn tarnsformatsiyasi modifikatsion birlik negizi asosida tadrijiy taomillashtirishga oid nazariy qarashlar va ilmiy xulosalar “Әdebiettanu negіzderі” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-buyrug‘iga asosan, 233-0385-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va qozoq  guruhlarida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
badiiy psixologizmning portret, peyzaj, tush, mifologik kiritma kabi poetik unsurlarining polifonik nutq tabiatini aniqlash, xronologik syujet tipologiyasi kontekstida o‘zbek va qozoq badiiy nasrining rivojiga jahon adabiyotining ta’siri, ijodiy konsepsiya badiiy takomilida bo‘y ko‘rsatgan poetologik konstruksiya, badiiy uslubning umumiy va xususiy qirralari, jahon adabiyotidan o‘zlashtirilgan ifoda xususiyatlarining milliy ong va mentalitetga nisbatan usutuvorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01/113-son ma’lumotnomasi). Natijada, davr va zamon muammosining o‘ziga xos qirralari yozuvchi ideali hamda obraz modifikatsiyasi birligida tadqiq qilinib, ularning rivojlanish qonuniyatlari takomillashtirilgan;
umuminsoniy va milliy  qadriyatlarning har ikki xalq adabiyotida aks etish tamoyillarining falsafiy-estetik asoslari, jahon adabiy an’analaridan syujet va kompozisiya yaratishda badiiy psixologizmdan foydalanish manerasini belgilash, badiiy asarlarning poetologik konstruksiyasi,  yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllanish, ularning ma’naviy olamini boyitish va dunyoqarashini kengaytirish bo‘yicha ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining OT-F1-77 raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” fundamental ilmiy loyiha mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutining 2022 yil 24 maydagi 59/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari hamkorligida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ular dunyoqarashini kengaytirishga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish