Sayt test rejimida ishlamoqda

Ro‘ziqulov Bunyodbek Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli o‘yin ampluasiga qarab yosh futbolchilarning antropogenetik mezonlari va jismoniy tayyorgarligi asosida istiqbolini bashoratlash”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1473.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna, biologiya fanlari nomzodi, professor. 
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nabiev Timur Erikovich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli o‘yin ampluasiga qarab yosh futbolchilarning antropogenetik mezonlari va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari asosida istiqbolini bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
futbolchilarning turli o‘yin ampluasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot va sport takomillashuv guruhlaridagi istiqbolini bashoratlash uchun yoshiga qarab retest natijalari antropometrik o‘lchovlar va umumiy jismoniy tayyorgarlikni aniqlovchi testlarni solishtirish orqali model ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
dermatoglifik belgilaridan barmoq izlaridagi umumiy qirralar soni yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan futbolchilarda qisqa va o‘rta masofaga yugurishda tezkorlik sifatini rivojlantirish imkoniyati yuqori ekanligi aniqlangan;
futbolchilarning sport takomillashuv bosqichida o‘tkazilayotgan mashg‘ulot jarayonlarini korreksiyalash maqsadida aerob-anaerob yo‘nalishli yuklamalarni intensiv qo‘llashda chiziqli tezlikni rivojlantirishga qaratilgan moksimon yugurish turlari bilan to‘siqlar oralig‘ida masofa teng bo‘lgan va teng bo‘lmagan holatda sprinter yugurish kabi mashqlarni kiritish orqali istiqbolini bosqichli nazorat qilish imkoniyati kengaytirilgan;
yosh futbolchilar tayyorgarligini irsiylanish darajasini hisobga olgan holda morfometrik va organizmni energiya bilan ta’minlovchi tizimlarning majmuali tekshirish usullarini mashg‘ulot jarayoniga kiritish hisobiga istiqbolini bashorat qilishda informativ axborot olish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli o‘yin ampluasiga qarab yosh futbolchilarning antropogenetik me’zonlari va jismoniy tayyorgarligi orqali istiqbolini bashoratlashdan olingan natijalar asosida:
futbolchilarning turli o‘yin ampluasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot va sport takomillashuv guruhlaridagi istiqbolini bashoratlash uchun texnik-taktik mahoratini ma’lum yoshga va davrga kelib o‘zgarishidan kelib chiqib retest natijalari orqali model ko‘rsatkichlari “Jismoniy tarbiya va sport (Futbol)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan 356-053 raqamli guvohnoma). Natijada futbolchilarni saralash va tanlab olish imkoniyati 12 % ga yaxshilangan;
yosh futbolchilarning antropogenetik moyilligini hisobga olgan holda dermotoglifik belgilardan umumiy qirralar soni yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan futbolchilarda tezkorlik sifatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar Nasaf futbol akademiyasi o‘quv mashg‘ulot jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 03-17-02/11816-son dalolatnomasi). Natijada futbolchilarni tezkorlik sifatini rivojlantirish imkoniyati 16 % ga yaxshilangan;
futbolchilarning sport takomillashuv bosqichida o‘tkazilayotgan mashg‘ulot jarayonlarini korreksiyalash maqsadida ularning fiziologik ko‘rsatkichlari hisobga olinib aerob-anaerob yo‘nalishli yuklamalarni intensiv qo‘llanilishi bo‘yicha takliflar “Nasaf“ futbol Akademiyasida va Qarshi Olimpia zahiralari kolleji o‘quv mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 03-17-02/11816-son dalolatnomasi). Natijada futbolchilarni istiqbolliligini aniqlash imkoniyati 10-16 % ga yaxshilangan;
yosh futbolchilar tayyorgarligini irsiylanish darajasini hisobga olgan holda morfometrik va organizmni energiya bilan ta’minlovchi tizimlarning majmuali tekshirish usullari Qashqadaryo viloyat sport o‘yinlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 03-17-02/11816-son dalolatnomasi). Natijada futbolchilarni tayyorgarligi bo‘yicha infarmativ axborot olish imkoniyati 12-14 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish