Sayt test rejimida ishlamoqda

Ishtaev Javlon Mavlonboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning tezkor-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik yo‘llari (o‘rta maktab misolida)”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped205.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Allamuratov Shuxratilla Innoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Sattorov Erkin Niyazmetovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘quvchilarining portlash qobiliyatini rivojlantirish va tabaqalashtirilgan me’yor talablarini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab yoshidagi o‘quvchilarning vertikal sakrash kattaligini oshirish uchun “SPORK” moslamasidan foydalanib mashg‘ulotlar jarayoniga haftasiga ikki kun besh marta maqsadli sakrash mashqini kiritish hisobiga motivatsion holatni oshirish, diqqatni jamlash, irodaviy zo‘r berishda kam kuch, kam vaqt sarflab yuqori darajada o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
 maktab yoshidagi sport bilan shug‘ullanmaydigan o‘quvchilarning jismoniy rivojlannish  imkoniyatlarini (semiz, ozg‘in, bo‘yi baland va past bo‘lgan) inobatga olgan holda barcha sinflar uchun ommaviy,  hammabop,  vertikal sakrash qobiliyati jismoniy sifatlarining darajasi bo‘yicha kengaytirilgan me’yor talablarini ishlab chiqish hisobiga sportga dastlabki saralash imkoniyati takomillashtirilgan;
maktab yoshidagi turli sport bilan shug‘ullanadigan o‘g‘il va qiz bolalarning jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, barcha sinflar uchun vertikal sakrash qobiliyatining individual psixologik xususiyatlariga mos tabaqalashtirilgan me’yorlarini ishlab chiqish hisobiga ularning istiqbolini belgilash imkoniyati takomillashtirilgan; 
vertikal sakrash qobiliyatini maktab yoshidagi o‘quvchilarning individual psixofiziologik sensitiv davrlari boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarda ularning jismoniy va funksional supertiklanish  fazalarini hisobga olgan holda organizm tizimlarining imkoniyatlari  kengaytirilgan; 
maktab yoshidagi o‘quvchilarning portlash qobiliyat ko‘rsatkichlari tog‘li va shahar hududlar bo‘yicha vertikal sakrash mashg‘ulotlari orqali oddiy reaksiya ko‘rsatkichlarining sensor, neytral va motor lahzalarini farqlash hisobiga tezkor qayta axborot olish imkoniyatlari oshirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab yoshidagi o‘quvchilarning portlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tabaqalashgan me’yor talablarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
maktab yoshidagi o‘quvchilarning vertikal sakrash kattaligini oshirish   uchun “SPORK” moslamasidan foydalanib mashg‘ulotlar jarayoniga haftasiga  ikki  kun besh marta  maqsadli sakrashni kiritish hisobiga motivatsion holatini oshirish, diqqatni jamlash, irodaviy zo‘r berishda kam kuch, kam vaqt sarflab yuqori darajada o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tiximidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03-17-02/12413-son ma’lumotnomasi). Natijada ularning sport maxoratiga erishish davri 2 barobarga qisqargan;
maktab yoshidagi sport bilan shug‘ullanmaydigan o‘quvchilarning jismoniy rivojlannish  imkoniyatlarini (semiz, ozg‘in, bo‘yi baland va past bo‘lgan) inobatga olgan holda barcha sinflar uchun ommaviy,  hammabop,  vertikal sakrash qobiliyati jismoniy sifatlarining darajasi bo‘yicha kengaytirilgan me’yor talablarini ishlab chiqish hisobiga sportga dastlabki saralash imkoniyati takomillashtirilganligi xususmdagi tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tiximidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03-17-02/12413-son ma’lumotnomasi). Portlash qobiliyatni rivojlantirish metodikasi ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etildi natijada ularning jismoniy tayyorgarligi 16% ga yaxshilangan;
maktab yoshidagi turli sport bilan shug‘ullanadigan  o‘g‘il va qiz bolalarning jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib,  barcha sinflar uchun  vertikal sakrash qobiliyatining individual psixologik hususiyatlariga mos tabaqalashtirilgan me’yorlarini ishlab chiqish hisobiga ularning istiqbolini belgilash imkoniyati takomillashtirilganligiga oid yangilik O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tiximidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03-17-02/12413-son ma’lumotnomasi). O‘zaro sport turlari bo‘yicha portlash qobiliyatni rivojlantirish metodikasi ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etildi, natijada ularning jismoniy tayyorgarligi 16% yaxshilangan; 
vertikal sakrash qobiliyatini maktab yoshidagi o‘quvchilarning individual psixofiziologik sensitiv davrlari boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarda ularning jismoniy va funksional supertiklanish  fazalarini hisobga olgan holda organizm tizimlarining imkoniyatlari kengaytirilganligi, maktab yoshidagi o‘quvchilarning portlash qobiliyat ko‘rsatkichlari   tog‘li va shahar hududlar bo‘yicha vertikal sakrash mashg‘ulotlari orqali  oddiy reaksiya ko‘rsatkichlarining sensor, neytral va motor lahzalarini  farqlash hisobiga tezkor qayta axborot olish imkoniyatlari oshirilganligi yuzasidan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tiximidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 03-17-02/12413-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta sinf o‘quvchilarining jismoniy qobiliyatlari 17% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish