Sayt test rejimida ishlamoqda

Tursunov Mirolim Ahmadovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron ta’lim resurslaridan foydalanish asosida talabalarning mustaqil ta’lim olish metodikasini takomillashtirish (Axborot texnologiyalari fani misolida)”, 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2892.
Ilmiy rahbar: Uzakov Zair, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Akmal Razzoqovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika insituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim resurslari yordamida talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish tushunchasi elektron manbalardan  kerakli ma’lumotlarni tanlash, ulardan unumli foydalanish hamda mustaqil ta’limni anglagan holda tashkil etish faoliyatlariga pedagogik refleksiyaning o‘z-o‘zini anglash, o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘ziga baho berish kabi komponentlarini kiritish asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini, tayanch bilimlarni  shakllantiruvchi elektron ta’lim resurslarining kompyuter trenajyorlari, imitatsion o‘yinlar, krossvordlar, mul`timedia taqdimotlari, elektron testlar kabi motivatsion va didaktik imkoniyati hamda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘zini-o‘zi tahlil qilish, faoliyatni va uning natijalarini nazorat qilishning pedagogik imkoniyati aniqlashtirilgan;
talabalarda elektron ta’lim resurslari yordamida mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish modeli uning mazmuniy-tarkibiy blokidagi yo‘naltirish, praksiologik, natijaviylik bosqichlarida amalga oshiriladigan tashkiliy, axborot-tahliliy, refleksiv shakllarni kiritish orqali   takomillashtirilgan;
talabalarda virtual ta’lim muhitida mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi portallar va saytlar orqali ta’lim olish jarayonini avtonomlashtirish va mustaqil ta’lim topshiriqlarini on-layn bajarishning individualligi, uzluksizligi va amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyillari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim resurslaridan foydalanish asosida talabalarning mustaqil ta’lim olish metodikasini takomillashtirish (Axborot texnologiyalari fani misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish tushunchasi elektron manbalardan  kerakli ma’lumotlarni tanlash, ulardan unumli foydalanish hamda mustaqil ta’limni anglagan holda tashkil etish faoliyatlariga pedagogik refleksiyaning o‘z-o‘zini anglash, o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘ziga baho berish kabi komponentlarini kiritish asosida aniqlashtirilganligiga oid xulosalardan “Axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-buyrui bilan tasdiqlangan, guvohnoma №388/11-229). Natijada, talabalarning Axborot texnologiyalari fanidan bajaradigan mustaqil ishlari mazmunan boyitilgan;
talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini, tayanch bilimlarni  shakllantiruvchi elektron ta’lim resurslarining kompyuter trenajyorlari, imitatsion o‘yinlar, krossvordlar, mul`timedia taqdimotlari, elektron testlar kabi motivatsion va didaktik imkoniyati hamda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘zini-o‘zi tahlil qilish, faoliyatni va uning natijalarini nazorat qilishning pedagogik imkoniyatiga oid hamda talabalarda virtual ta’lim muhitida mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi portallari va saytlari orqali ta’lim olish jarayonini avtonomlashtirish va mustaqil ta’lim topshiriqlarini on-layn bajarishning individualligi,  uzluksizligi va amaliyot bilan bog‘liqligi  tamoyillari asosida takomillashtirilganligiga oid tajribalardan ma’lumotlardan I-XT-0-119929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2022 yil 15 sentyabrdagi 230-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron darsliklarning pedagogik imkoniyatlarini ta’lim mazmuniga ko‘ra oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish