Sayt test rejimida ishlamoqda

Taylakov Umid Kuvandikovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning darsdan tashqari o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish (10-sinf «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish  misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3155.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Uzakov Zair, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan o‘quvchilarning darsdan tashqari o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan darsdan tashqari o‘quv faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilarning ijodiy faollik, fikrlash ko‘nikmasi va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetensiyalari ma’lumotlar bazasini vizual tasvirlash imkoniyatlariga ustuvorlik berish, loyihalash va ob’ektga yo‘naltirilgan yangi tasavvurlar g‘oya, fikrlar uyg‘otuvchi muhitni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
10-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan o‘quvchilarning darsdan tashqari o‘quv faoliyatini tashkil etish bosqichlari o‘quv faoliyati mustaqil ijodiy imkoniyatlari axborot tizimlarini qurish tamoyillari, mantiqiy ma’lumotlar modelini bosqichma-bosqich kengaytirish va kasbiy yaratuvchanlik parametrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishga doir kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi motivatsion, ijodkorlilik texnologiyalarini hamda on-line va off-line rejimli tezkor diagnostikasini informatika ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy tuzilmaviy jarayonini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan malakalarini rivojlantirishning metodik tuzilmasi vizual ta’lim sharoitida interfaol metodlar va tuzilmaviy didaktik o‘quv vositalari bilan qayta aloqani o‘rnatish, o‘quvchining motivatsiyasini oshirish va ularni motivatsion rivojlantirishni ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quvchilarning darsdan tashqari o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“Informatika  va  axborot  texnologiyalari”  fanidan  darsdan  tashkari  o‘quv faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilarning ijodiy faollik, fikrlash kunikmasi va  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalariga  oid  kompetentligi  shakllantirish texnologiyalari  zamonaviy  o‘quv  vositalari  asosida  takomillashtirishga  oid tavsiyalar F1-XT-0-16955-rakamli «Telekommunikativ tizimni globallashtirish sharoitida  maktab  o‘quvchilarini  axlokiy  tarbiyalashning  fundamental muammolari»  mavzusidagi  fundamintal  loyixasini  bajarishda foydalanilgan (Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining 2022 yil 22 apreldagi 02-07-1125/04-son  ma’lumotnomasi). Natijada  “Informatika  va  axborot  texnologiyalari”  fanidan  o‘quvchilarning ijodiy  faollik,  fikrlash  kunikmasini  zamonaviy  o‘quv  vositalari  asosida takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
10-sinf  “Informatika  va  axborot  texnologiyalari”  fanidan o‘quvchilarning  darsdan  tashqari  o‘kuv  faoliyatini  tashkil  etish  boskichlari (reproduktiv,  produktiv,  kisman-izlanishli,  ijodiy)  va algoritmlari  axborot-ta’lim  muhitlari  asosida  takomillashtirish  buyicha  ma’lumotlar  A 1-X T-0-14297-rakamli  «Boshlangich  sinflarda  matematika  fanini  ukitishda  axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va uslubiy asoslari» mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda  foydalanilgan (Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining  2022  yil 22 apreldagi  02-07-1125/04-son ma’lumotnomasi). Natijada “Informatika va axborot  texnologiyalari”  fanidan  o‘quvchilarning  darsdan  tanshhari  o‘quv faoliyatini  tashkil  etish  boskichlari  va  algoritmlarini  takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
mustaqil  o‘quv  faoliyatida  o‘quvchilar  bilimini  tezkor  diagnostikasi hamda  masalalarning  dasturlash  natijalarni  tahlil  etishning  onlayn rejimiga  moslashtirilgan  tizimlarini  ishlab  chiqish  yuzasidan  olingan natijalar  F1-XT-0-16955-rakamli «Telekommunikativ  tizimni  globallashtirish  sharoitida  maktab  o‘quvchilarini ahloqiy tarbiyalashning fundamental muammolari» mavzusidagi  fundamental loyihasini bajarishda  foydalanilgan (Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining 2022 yil 22 apreldagi  02-07-1125/04-son  ma’lumotnomasi). Natijada  o‘quvchilar bilimini tezkor diagnostikasi hamda masalalarning dasturlash natijalarini taxlil etishning onlayn  rejimiga  moslashtirilgan  tizimlarini  ishlab  chikish  samaradorligi oshgan;
“Informatika  va  axborot  texnologiyalari”  fanidan  mustakil  o‘quv faoliyatini tashkil etishga yunaltirilgan interfaol metodlar, elektron ta’lim resurslari va pedagogik diagnostik dasturiy vositalari asosida o‘quvchilarning malakalarini  rivojlantirishga  oid  ilmiy-metodik  tavsiyalar  I-OT-2019-8 «Umumiy urta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi  avlod  elektron  o‘quv-metodik  kullanmalarini  yaratish  va  o‘quv  jarayoniga joriy  etish»  mavzusidagi  innovatsion  loyixasini  bajarishda  foydalanilgan (Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining 2022  yil 22 apreldagi 02-07-1125/04-son ma’lumotnomasi). “Informatika  va  axborot  texnologiyalari”  fanidan  o‘quvchilarning  darsdan tashqari o‘quv faoliyatini tashkil etish samaradorligi oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish