Sayt test rejimida ishlamoqda

Suyunova Xilola Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Til ta’limiga integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam:B2022.4.PhD/Ped2431.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldasheva Shaxlo Shukurlaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Etakchi tashkilot: Samarqand  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi til ta’limiga integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasiga doir  taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlari til ta’limiga integrativ, pragmatik, ijtimoiy-madaniy yondashuvlarga ko‘ra o‘qitish jarayoniga ijodiy-kommunikativ, nutqiy-didaktik omillarni  intensiv qo‘llash asosida aniqlangan; 
til ta’limiga integrativ yondashuvning didaktik ta’minoti o‘quvchilarning tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlari, bilish ehtiyojlariga doir texnologiyalar, potensial bog‘lanish manbalari (autentik o‘quv materiallari mazmunini anglash, tushunish, konsolidatsiya)ni aniqlash asosida takomillashtirilgan; 
til ta’limida o‘zaro bog‘liq gorizontal va vertikal yondashuvlar (ichki va tashqi tizim yaxlitligi) tarkibiga tillararo xaritalar, lug‘atlar ustida ishlash, taqqoslash, sharhlash, didaktik o‘yinlardan “Hozirjavoblik” o‘yini, “Evrika” o‘yini, “Umumiy jismonan javob bermoq”- Total Physical Respond”, “Rolli ijro”-“Role play” kabi o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi metodlar taklif etilgan;
o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliy-metodik komponentlari pedagogik hamkorlik, induviduallik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga, transpozisiya va interferensiya hodisalari ierarxiyasiga amal qilish orqali isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Til ta’limiga integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlari til ta’limiga integrativ, pragmatik, ijtimoiy-madaniy yondashuvlar orqali o‘qitish jarayoniga ijodiy-kommunikativ, nutqiy-didaktik omillarni  intensiv qo‘llash to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 25 fevraldagi 36/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning til ta’limi, ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi haqidagi fikrlar bilan boyitilishiga erishilgan.
o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantirishning tashkiliy-metodik komponentlari pedagogik hamkorlik, induviduallik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga, transpozisiya va interferensiya hodisalari ierarxiyasiga amal qilishga doir taklif va tavsiyalar Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 5-, Karmana tumanidagi 4-, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 21-, 66-, Buxoro viloyati G‘ijduvon shahridagi 14-, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 262- umumiy o‘rta ta’lim maktablarining  5-9 sinflarida amaliyotga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 6 iyundagi 01/11-01/6-830-son ma’lumotnomasi). Natijada dars jarayonida xaritalar bilan ishlash, didaktik o‘yinlarni uyushtirish hamda lug‘at ustida ishlash orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga erishilgan;
til ta’limiga integrativ yondashuvning didaktik ta’minoti o‘quvchilarning tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlari, bilish ehtiyojlariga doir texnologiyalar, potensial bog‘lanish manbalari (autentik o‘quv materiallari mazmunini anglash, tushunish, konsolidatsiya)ni aniqlash to‘g‘risidagi fikrlardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 25 fevraldagi 36/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy qismining fikrlar bilan boyitilishiga erishilgan; 
til ta’limida o‘zaro bog‘liq gorizontal va vertikal yondashuvlar (ichki va tashqi tizim yaxlitligi) tarkibiga tillararo xaritalar, lug‘atlar ustida ishlash, taqqoslash, sharhlash, didaktik o‘yinlardan “Hozirjavoblik” o‘yini, “Evrika” o‘yini, “Umumiy jismonan javob bermoq”- Total Physical Respond”, “Rolli ijro”-“Role play” kabi o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi metodlar  to‘g‘risidagi mulohazalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining darsliklarini ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish ishlarini jonlantirish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining 2022 yil 29 avgustdagi 121-son ma’lumotnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalari ortishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish