Charieva Xilal Dustmurotovnaning

dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Surxondaryo viloyati iqlim sharoitiga mos, tola sifati I-II-tipga mansub ingichka tolali g‘o‘za navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx241.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

Ilmiy rahbar: Raxmonqulov Said-Akbar Raxmonqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: «Termiz-202» g‘o‘za navi (NAR 00096); «Termiz-208» g‘o‘za navi (NAR 00136).

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 31 yanvardagi 02-11/227-son xulosasi.

II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyatining noqulay tuproq-iqlim sharoitlariga bardoshli, serhosil va tola sifati yuqori, ertapishar ingichka tolali yangi «Termiz-202» va «Termiz-208» g‘o‘za navlarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor qimmatli seleksion ashyolarni yaratishda hududiy me’zonlar asosida navlararo duragaylashning afzalligi isbotlangan;

tur ichida o‘tkazilgan chatishtirishlar asosida duragaylardan transgressiv o‘simliklar ajratib olinib, biologik va seleksion ko‘chatzorlarda ko‘paytirilgan;

rekombinant duragaylar asosida qimmatli xo‘jalik belgilari majmuiga ega oilalar ajratib olingan va ular asosida tizmalar yaratilgan;

olingan tizmalar kichik va katta nav sinash ko‘chatzorlarida sinalgan hamda yuqori harorat va garmselga bardoshli, tola sifati yuqori bo‘lgan serhosil yangi ingichka tolali «Termiz-202», «Termiz-208» navlari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos, tola sifati I-II-tipga mansub ingichka tolali g‘o‘za navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

g‘o‘zaning yuqori harorat va garmselga chidamli, serhosil va tola sifati yuqori, ertapishar ingichka tolali yangi «Termiz-202» va «Termiz-208» navlariga Intelektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan (NAP 00096), (NAP 00136). Natijada g‘o‘za genofondini yuqori harorat va garmselga bardoshli, tola sifati yuqori bo‘lgan serhosil yangi ingichka tolali g‘o‘za navlari bilan boyitishga erishilgan;

respublikaning janubiy mintaqalari tuproq-iqlim sharoitlariga mos yuqori harorat va  garmselga bardoshli ingichka tolali yangi «Termiz-202» va «Termiz-208»  g‘o‘za navlari yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining 2018 yil 2 fevraldagi 53/479-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu navlardan andoza navlarga nisbatan gektaridan o‘rtacha 3,7-4,5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan.

g‘o‘zaning ingichka tolali «Termiz-202» navi 2011-2012 yillarda Surxondaryo viloyati, Termiz tumani fermer xo‘jaliklarida 1760 gektar, Qiziriq tumanida 1947,1 gektar maydonga joriy etilgan. (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 15 fevraldagi 02/20-110-son ma’lumotnomasi). Natijada  ingichka tolali yangi «Termiz-202» g‘o‘za  navidan gektaridan o‘rtacha 32,7-41,7 sentner paxta hosili olingan va rentabellik darajasi 16-19 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish