Sayt test rejimida ishlamoqda

Umirov Ilhomjon Iskandar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim vositalari yordamida talabalarda texnologik kompetensiyani rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2602.
Ilmiy rahbar: Askarov Ixtiyor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Najmiddinova Yokutxon Ruxiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida elektron ta’lim vositalari yordamida texnologik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda texnologik kompetensiyani rivojlantirishni amalga oshirishning maqsadli, axborotli, kasbiy va samarali faoliyat turlarini joriy qilish orqali talabalarning texnologik kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi takomillashtirilgan;
elektron ta’lim vositalari yordamida talabalarning texnologik kompetensiyasini rivojlantirish usullari ixtisoslik fanlarini o‘qitish uchun zarur bo‘lgan innovatsion test topshiriqlarni kiritish hamda talabaning o‘quv faoliyatidan mutaxassisning kasbiy faoliyatiga o‘tish tamoyilini joriy etish asosida takomillashtirilgan;  
ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi maxsus veb-sayt va elektron darsliklarga talabalarda texnologik kompetensiyalarni turli kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda namoyon bo‘ladigan texnik fikrlash, texnika tilini bilish, zamonaviy texnologik jihozlarni to‘g‘ri tanlay olishni o‘zida mujassam etgan ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda texnologik kompetensiya rivojlanganligini aniqlashga qaratilgan reproduktiv, variativ va kreativ darajalar, baholashning avtomatik, haqqoniylik, integrativlik, ob`ektivlik xususiyatlariga ko‘ra baholash mezonlarining mazmuni aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy elektron ta’lim vositalarini ta’lim jarayonida qo‘llash sharoitida talabalarning texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy va metodik asoslarini shakllantirish hamda ixtisoslik fanlarini o‘qitishning metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari asosida:
talabalarda texnologik kompetensiyani rivojlantirishni amalga oshirishning maqsadli, axborotli, kasbiy va samarali faoliyat turlarini joriy qilish orqali talabalarning texnologik kompetensiyasini rivojlantirishga hamda elektron ta’lim vositalari yordamida talabalarning texnologik kompetensiyasini rivojlantirish usullari ixtisoslik fanlarini o‘qitish uchun zarur bo‘lgan innovatsion test topshiriqlarni kiritish hamda talabaning o‘quv faoliyatidan mutaxassisning kasbiy faoliyatiga o‘tish tamoyilini joriy etishga qaratilgan xulosalar “60712500-Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)” ta’lim yo‘nalishi uchun “Kompyuterli loyihalash” hamda “Avtomobillar konstruksiyasi” fanlari mazmunini boyitishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2022 yil 15 avgustdagi 02/01-01-24-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu fanlar dasturlari ixtisoslik fanlarini o‘qitish usullari va tamoyillarini o‘zida qamrab olgan model ishlab chiqilgan hamda talabalarning texnologik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi maxsus veb-sayt va elektron darsliklarga talabalarda texnologik kompetensiyalarni turli kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda namoyon bo‘ladigan texnik fikrlash, texnika tilini bilish, zamonaviy texnologik jihozlarni to‘g‘ri tanlay olishni o‘zida mujassam etgan ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali takomillashtirilganligi hamda talabalarda texnologik kompetensiya rivojlanganligini aniqlashga qaratilgan reproduktiv, variativ va kreativ darajalar, baholashning avtomatik, haqqoniylik, integrativlik, ob`ektivlik xususiyatlariga ko‘ra baholash mezonlarining mazmuni aniqlashtirilganliiga oid tavsiyalar va takliflar esa Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining Jizzax politexnika institutining «AIF1/4 – Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2022 yil 1 iyundagi 01-1277-1271-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu metodik ta’minot talabalarda innovatsion test va maxsus topshiriqlar, veb-sayt va mobil ilova dasturlari talabalarda texnologik kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish