Sayt test rejimida ishlamoqda

Ruzieva Dilafruz Raupovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida dasturlash tillarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”,  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2536.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mirsanov Uralboy Muxammadievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Mahmud Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Zafar Esonpo‘latovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida dasturlash tillarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ob’ektga yo‘naltirilgan strukturali tasavvur qilish, axboriy-mantiqiy va algoritmik fikrlashini rivojlantirishning  intellektual faoliyat bosqichlari hamda tayyorgarlik darajalari matematik misol va masalalar, innovatsion loyihalarga ustuvorlik berish orqali amaliy dasturlarni tayyorlash texnologiyalari dinamik harakatlar tizimidan foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida dasturlash tillariga oid fanlardan mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasi aniq sodir bo‘lgan vaziyat, undan chiqish yo‘lini topish, muammoni aniqlash va murakkabroq vaziyat tavsiflanadigan, o‘quv vaziyatlarni namoyish qiladigan (ko‘rgazmalik, virtuallik) Caselar va giperbog‘lanishli, webga yo‘naltirilgan vizual hamda onlayn o‘quv vositalarni innovatsion faoliyatga moslash orqali talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligining amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari kreativlik, faoliyatli va tizimli yondashuvlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
S++, Delrhi, Borland C++ Builder dasturlash tillarini o‘qitishga mo‘ljallangan metodik ta’minotli onlayn o‘quv kurslarni, internet (online learning) va (face-to face learning) auditoriyadagi ta’limni tashkil etishning individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash orqali talabalarni dasturlashga oid faolligini oshirish hamda kreativ qobiliyati, kognitiv fikrlashini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatgichlari mazmunan takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining dasturlash tillariga oid fanlardan o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etishga qaratilgan sinxron, asinxron o‘qitish usullari asosida ta’lim jarayoni modelini rivojlantirishga oid  webga yo‘naltirilgan diagnostik baholash me’zonlari va ijodiy darajalarini qamrab olgan ta’lim olishga mo‘ljallangan ochiq axborot-ta’lim muhitiga asoslangan o‘qitishning individualligini ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida dasturlash tillarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy takliflar asosida:
S++, Delrhi, Borland C++ Builder dasturlash tillarini o‘qitishga mo‘ljallangan metodik ta’minotli onlayn o‘quv kurslarni, internet (online learning) va (face-to face learning) auditoriyadagi ta’limni tashkil etishning individual xususiyatlarini amaliy integratsiyalash orqali talabalarni dasturlashga oid faolligini oshirish hamda kreativ qobiliyati, kognitiv fikrlashini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatgichlarini mazmunan takomillashtirishga oid takliflar «Dasturlash tillari» nomli darslikni mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0608 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning dasturlashga oid faolligini oshirish orqali kreativ qobiliyati, kognitiv fikrlashini rivojlantirishning natijaviy ko‘rsatgichlari asosida mantiqiy va algoritmik fikrlashini mazmunan rivojlantirishga erishilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida dasturlash tillariga oid fanlardan mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasi aniq sodir bo‘lgan vaziyat tavsiflanadigan, undan chiqish yo‘lini topish, muammoni aniqlash va murakkabroq vaziyat tavsiflanadigan, o‘quv vaziyatlarni namoyish qiladigan (ko‘rgazmalik, virtuallik) Caselar va giperbog‘lanishli, webga yo‘naltirilgan vizual hamda onlayn o‘quv vositalarni innovatsion faoliyatga moslash, to‘ldirish va boyitish orqali talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligining amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari kreativlik, faoliyatli va tizimli yondashuvlar «Dasturlash» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-372 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentligining amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari takomillashtirish asosida algoritmlash va dasturlashga oid kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining dasturlash tillariga oid fanlardan o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etishga qaratilgan sinxron, asinxron o‘qitish usullari asosida ta’lim jarayoni modelini rivojlantirishga oid  webga yo‘naltirilgan diagnostik baholash me’zonlari va ijodiy darajalarini qamrab olgan ta’lim olishga mo‘ljallangan ochiq axborot-ta’lim muhitiga asoslangan o‘qitishning individualligini ta’minlashga oid metodik tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining I-XT-0-19929-raqamli «Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)» mavzusidagi innovatsion loyihani  “Mul`timediali ilovalar ishlab chiqish” qismini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 8 avgustdagi 186-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining «Dasturlash tillari» fanidan mustaqil ta’lim olishining didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish