Sayt test rejimida ishlamoqda

Ubaydullaev Normuhammad Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “O‘quv tahlilida avtobiografik bitiklardan foydalanish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4PhD/Ped2751.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi uzluksiz adabiy ta’limning turli bosqichlarida badiiy asarni tahlil qilishda avtobiografik janrdagi ma’lumotlardan foydalanishning samarali yo‘llarini va zamonaviy usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rxun-Enasoy toshbitiklarida avtobiografik elementlarning ilk ko‘rinishlari borligi adabiyotshunoslik ilmi va adabiyot o‘qitish amaliyotiga olib kirilib, avtobiografik asarlar jamiyatda fikr erkinligi, odamning shaxslik jihatlariga e’tibor qaratilgan sharoitda paydo bo‘lishi va  taraqqiy etishi asoslangan;
 amalda qo‘llanayotgan adabiyot o‘qitish jarayonida ijodkorning tanlab olingan maxsus tarjimai holiga oid bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanilganda estetik did  va amaliy ko‘nikmalar rivojlanib, natijada o‘quvchilarning ijodiy fikrlash, qiyoslash ko‘nikmalari muayyan darajada oshgani aniqlangan;
 ijodkor  tarjimai holi bilan bog‘liq amaldagi darsliklar materiallari takomillashtirilganda  o‘quvchida badiiy asarni teranroq tushunish, muallif maqsadini, asarning g‘oyasini anglashi osonroq kechishi asoslangan hamda biografik ma’lumotlar xronologik shaklda emas, hayotiy voqealarga asoslangan bo‘lganda, o‘quvchining muallif shaxsiga  va u orqali uning asariga ijobiy munosabatda bo‘lishi mashg‘ulotning samarali bo‘lishiga  olib kelishi isbotlangan;
o‘zbek adabiyotidagi avtobiografik  asarlarni  o‘qitishning “Rezyume”, “Davom ettir”,  “Portret”,  “Muammo” kabi zamonaviy usullari ishlab chiqilib, o‘quvchilarning o‘quv materiallari bilan ishlashda badiiy matnga, muallifga munosabat bildirish, mustaqil fikrlash, ishlash, ijodiy izlanish, tashabbus ko‘rsatish qobiliyatlarini rivojlantirish darajalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quv tahlilida avtobiografik bitiklardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
O‘rxun-Enasoy toshbitiklarida avtobiografik elementlarning ilk ko‘rinishlari borligi adabiyotshunoslik ilmi va adabiyot o‘qitish amaliyotiga olib kirilib, avtobiografik asarlar jamiyatda fikr erkinligi, odamning shaxslik jihatlariga e’tibor qaratilgan sharoitda paydo bo‘lishi va  taraqqiy etishi asoslangan haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 10 dekabrdagi 17.01/257-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental tadqiqot loyihasining fol`klor va adabiyot janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etishga bag‘ishlangan qismining boyitilishiga xizmat qilgan;
amalda qo‘llanayotgan adabiyot o‘qitish jarayonida ijodkorning tanlab olingan maxsus tarjimai holiga oid bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanilganda estetik did  va amaliy ko‘nikmalar rivojlanib, natijada o‘quvchilarning ijodiy fikrlash, qiyoslash ko‘nikmalari muayyan darajada oshgani to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan. (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 24 dekabrdagi 17.01/202-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining  ilmiy xulosalar, dallilar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
ijodkor  tarjimai holi bilan bog‘liq amaldagi darsliklar materiallari takomillashtirilganda  o‘quvchida badiiy asarni teranroq tushunish, muallif maqsadini, asarning g‘oyasini anglashi osonroq kechishi asoslangan hamda biografik ma’lumotlar xronologik shaklda emas, hayotiy voqealarga  asoslangan bo‘lganda, o‘quvchining muallif shaxsiga  va u orqali uning asariga ijobiy munosabatda bo‘lishi mashg‘ulotning samarali bo‘lishiga olib kelishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan qator tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 01-03/1075-son ma’lumotnomasi). Natijada avtobiografik asarlarda ijodkor shaxsi qiyofasini hayotiy faktlar asosida tasvirlash orqali tinglovchilar bilimining kengayishiga erishilgan; 
o‘zbek adabiyotidagi avtobiografik  asarlarni  o‘qitishning “Rezyume”, “Davom ettir”,  “Portret”,  “Muammo” kabi zamonaviy usullari ishlab chiqilib, o‘quvchilarning o‘quv materiallari bilan ishlashda badiiy matnga, muallifga munosabat bildirish, mustaqil fikrlash, ishlash, ijodiy izlanish, tashabbus ko‘rsatish qobiliyatlarini rivojlantirish darajalari haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida «Adabiy jarayon» ko‘rsatuvining bir qator sonlari tayyorlanishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 01-16/167-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar mazmuni yangi ilmiy-adabiy manbalar bilan boyitilgani e’tirof etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish