Caidova Farida Allayor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lug‘atlarda sinonim leksemalar talqini”,  10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1931.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.91.02.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Fazliddin Galievich, filologiya fanlari doktori, professor; Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi leksik sinonimlarning lug‘atlarda berilishi, semantik tavsifini takomillashtirish asosida ularni o‘zbek leksikografiyasida yaratilishi ko‘zda tutilayotgan lug‘atlar uchun paydo bo‘ladigan lingvistik muammolarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan leksik sinonimlarning leksikografik talqiniga doir qismda ko‘rsatilgan, ammo lug‘atda amal qilinmagan q., ayn. uslubiy belgilari orqali izohlashdagi ikkita leksik dublet va variantdosh so‘zlarning chegarasi bilan bog‘liq munozarali o‘rinlar aniqlanib, ularni bartaraf etishda leksik dubletlar uchun dubl. uslubiy belgisi, variantdosh so‘zlar uchun var. uslubiy belgisini qo‘llash zarurligi asoslangan; 
 o‘zbekcha-inglizcha, inglizcha-o‘zbekcha tarjima lug‘atlarida sinonim leksemalar berilishining tarjima uchun tanlangan so‘z izohida leksik sinonimlarga havola berish, sinonimik qatordan o‘rinli deb topilganlarini kiritish usulidan foydalanish holatlari ustunlik qilishi, sinonimiya va polisemiya hodisalarining izohlarda qorishib ketishi aniqlangan va tarjima jarayonida sinonimlarga darajaviy yondashuv usulining so‘z ma’nolarini muayyanlashtirishi dalillangan; 
 o‘zbek tili umumiy izohli lug‘atlaridagi sinonim leksemalar talqiniga graduonimik yondashuv joriy etilib, maxsus ifodalar (-roq qiyoslash, -cha kichraytirish, -gina kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari, kichik, katta, juda so‘zlari, …ga qaraganda, …ga nisbatan, …ga ko‘ra kabi qurilmalar) izohda darajaviy o‘sish yoki kamayishni ifodalashidan foydalanish zarurati asoslangan;
 “O‘zbek tili sinonimlar lug‘ati” uchun sinonimik qatorni shakllantirishda bosh so‘zni tanlashning mo‘’tadillik, faollik, birikuvchanlik mezonlari ishlab chiqilib, izohlarga tatbiq etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, tarjima va maxsus filologik lug‘atlarida berilgan leksik sinonimlar tahlili, tavsifi hamda tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan leksik sinonimlarning leksikografik talqiniga doir qismda ko‘rsatilgan, ammo lug‘atda amal qilinmagan q., ayn. uslubiy belgilari orqali izohlashdagi ikkita leksik dublet va variantdosh so‘zlarning chegarasi bilan bog‘liq munozarali o‘rinlar aniqlanib, ularni bartaraf etishda leksik dubletlar uchun dubl. uslubiy belgisi, variantdosh so‘zlar uchun var. uslubiy belgisini qo‘llash zarurligi asoslanganiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 3 maydagi 17.01/120-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yasalgan sinonim leksemalarga doir ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
    “O‘zbek tili sinonimlar lug‘ati” uchun sinonimik qatorni shakllantirishda bosh so‘zni tanlashning mo‘’tadillik, faollik, birikuvchanlik mezonlari ishlab chiqilib, izohlarga tatbiq etish zarurati asoslanganligiga doir xulosalaridan 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligida (2018) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 27 martdagi 274-sonli buyrug‘iga muvofiq 274-312 raqami asosida ro‘yxatga olingan). Natijada darslik so‘zlardagi bir va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, bosh va hosila ma’nolar hamda sinonimlik hodisasini tahlil va tasnif qilishga doir ilmiy-nazariy ma’lumotlar  bilan boyitish imkonini bergan;
o‘zbekcha-inglizcha, inglizcha-o‘zbekcha tarjima lug‘atlarida sinonim leksemalar berilishining tarjima uchun tanlangan so‘z izohida leksik sinonimlarga havola berish, sinonimik qatordan o‘rinli deb topilganlarini kiritish usulidan foydalanish holatlari ustunlik qilishi, sinonimiya va polisemiya hodisalarining izohlarda qorishib ketishi aniqlangan va tarjima jarayonida sinonimlarga darajaviy yondashuv usulining so‘z ma’nolarini muayyanlashtirishi dalillanganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2022 yil 23 maydagi 01/4-970-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollarni aks ettiruvchi leksik sinonimlar bilan boyitish imkonini bergan; 
o‘zbek tili umumiy izohli lug‘atlaridagi sinonim leksemalar talqiniga graduonimik yondashuv joriy etilib, maxsus ifodalar (-roq qiyoslash, -cha kichraytirish, -gina kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari, kichik, katta, juda so‘zlari, …ga qaraganda, …ga nisbatan, …ga ko‘ra kabi qurilmalar) izohda darajaviy o‘sish yoki kamayishni ifodalashidan foydalanish zarurati asoslanganiga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston” DM teleradiokanalida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022 yil 09 avgustdagi 04-36-1288-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish