Sayt test rejimida ishlamoqda

Ismailova Mexriban Olimbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gerpesvirus ensefalitdan keyingi epilepsiyaning klinik-neyrofiziologik xususiyatlari va davosi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib1542.
Ilmiy rahbar: Adambaev Zufar Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxkamova Nargiza Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot nomi: S.D.Asfendiyarov nomli Qozog‘iston milliy  tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi gerpesvirus ensefalitdan keyingi simptomatik epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda kasallik klinik - neyrofiziologik xususiyatlarini va davolash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gerpesvirus ensefalitli bemorlar qonida IgGni Gerpes va SMV ga ko‘payishi natijasida qonda sirkulyasiyalovchi immun komplekslar va asosiy mielin oqsiliga antitelolarni oshishiga sabab bo‘lib, autoimmun jarayoni rivojlanishi aniqlangan;
qonda asosiy mielin oqsiliga qarshi antitelolarining ko‘payishi  bosh miya to‘qimasini emirilishiga olib kelib, patologik epileptik o‘choqlarning rivojlanishi isbotlangan;
gerpesvirus ensefalitdan keyingi simptomatik epilepsiyada bosh miya  demielinizatsiya o‘choqlarining xajmi tutqanoq xurujlarining og‘irlik darajasiga va farmakorezistentlik rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
gerpesvirus ensefalitidan keyingi simptomatik epilepsiyani davosiga  yondashuv epileptik o‘choqlarni aktivligini to‘xtatish ta’siriga ega terapiyani qo‘llash bilan takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gerpesvirus ensefalitdan keyingi simptomatik epilepsiyada yangi tashxislash usullaridan va tavsiya etilgan terapiyadan olingan ilmiy natijalar asosida:
epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda rivojlangan farmakorezistentlikni kompleks davolash buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Epilepsiyada farmakorezistentlik va uni bartaraf etish usullari»  nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n-z/07-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma GVE SE tashxisini yaxshilash, davolash samaradorligini oshirish, davolash muddatini qisqartirish, shuningdek, farmakorezistentlik, epileptik ensefalopatiya rivojlanishini kamaytirish va bemorlar xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
GVE SEda tashxislash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Orolbo‘yi xududida gerpesvirus infeksiyasi keltirib chiqaradigan simptomatik epilepsiyaning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n-z/07-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma GVE SE bilan og‘rigan bemorlarni klinikasi va tashxis qo‘yishni yaxshilash imkonini bergan;
GVE SE  bilan og‘rigan bemorlarda tashxisini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari sog‘likni saqlash amaliyotiga, jumladan Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, «Umid shifo» va «Xorazm neyron» nevrologik klinikalarining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 avgustdagi 8n-22568-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilishi gerpesvirus ensefalitdan keyingi simptomatik epilepsiya bo‘lgan bemorlarni kasallik klinikasi va tashxis qo‘yishni yaxshilan imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish