Sayt test rejimida ishlamoqda

Xanova Muxlisa Nodirxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigarning surunkali etishmovchiligida ikkilamchi parkinsonizmning klinik va differensial diagnostik hususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2271.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot nomi: Samarqand tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar etishmovchiligida ikkilamchi parkinsonizm bilan og‘rigan bemorlarning klinik va anamnestik, biekimeviy hamda element tarkibini baxolash, parkinsonizm diagnostikasi va differensial endashuvini optimallashtirish buyicha taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar sirrozi va portokaval shunt fonida surunkali jigar etishmovchiligi rivojlanishi bilan organizmda marganesning ko‘payishi va uni bosh miyaning bazal gangliyalarida to‘planishi ikkilamchi parkinsonizimning rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor ikkilamchi parkinsonizmning, Parkinson kasalligi va qon tomir parkinsonizmidan farqlovchi xususiyatlar (depressiya, xissiy buzilishlar, piramidal etishmovchilik va tos a’zolarining funksional buzilishi) aniklangan;
jigar sirrozida parkinsonizm sindromining diagnostikasi va differensial tashxisida adaptiv shkalalarning diagnostik va prognostik axamiyati aniklangan;
surunkali jigar etishmovchiligi fonida aniqlangan ikkilamchi parkinsonizmning og‘irlig darajasiga bevosita ta’sir qiluvchi mis va temir kabi raqobatdosh essensial elementlarning pasayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bemorlardagi ikkilamchi parkinsonizmning differensial diagnostik va klinik aspektlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
surunkali jigar etishmovchiligida ikkilamchi parkinsonizm differensial tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali jigar patologiyasida parkinsonizm sindromining differensial diagnostik algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 8n-z/512-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xamda kasallangan bemorlarda parkinsonizm simptomlarini erta aniqlash  va qiyosiy tashxislash imkonini bergan;
surunkali jigar etishmovchiligida ikkilamchi parkinsonizm sindromi tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali jigar etishmovchiligida parkinsonizm sindromi tashxis mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 oktyabrdagi 8n-z/512-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xamda kasallangan bemorlarda parkinsonizm simptomlarini erta aniqlash  imkonini bergan;                      
surunkali jigar etishmovchiligida ikkilamchi parkinsonizm sindromi tashxislash va differensial tashxislash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan “O‘zbekiston temir yullari” AJ klinik shifoxonasi, Toshkent shaxar 5-son klinik shifoxonasi, Samarqand tibbiyot institutining 1-klinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 noyabr 08-37328-son xulosasi). Tadqiqot natijalari amaliyotda jigar kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda ikkilamchi parkinsonizm diagnostikasi mezonlarini aniqlash, bemorlar o‘rtasida differensial diagnostika algoritmi takomillashtirish, jigar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda xayot sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish