Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshmamatov Baxtiyar Norbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyada me’da shilliq qavatining morfometrik parametrlarining morfologik xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1626.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti  DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston davlat tibbiyot universiteti). 
Etakchi tashkilot: Akademik Vagner nomidagi Perm` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyasi sharoitida me’da shilliq qavati devorining morfologik va morfometrik parametrlari o‘zgarishlarini o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyasi 5 ta kombinatsiyada oq zotsiz erkak kalamushlarning me’da devori tarkibiy tuzilmasi bo‘lgan, shilliq qavati va shilliq osti asosida yuza destruktiv o‘zgarishlar, bez hujayralari atrofiyasi, engil darajadagi yallig‘lanish jarayonlari aniqlangan; 
ovqat hazm qilish tizimi a’zolaridagi tarkibiy o‘zgarishlar me’da shilliq qavatida va unda joylashgan bez to‘qimasi, shilliq osti asosi,  o‘sishi va shakllanishi jarayonlarining chuqur buzilishlariga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor yallig‘lanishga qarshi dori vositalarining 3 dan  ortiq turini bir vaqtda qo‘llaganda polipragmaziyaning salbiy ta’siri shartli darajada ortgan, me’da devorining tarkibiy va funksional zonalari shakllanish tezligi, shilliq qavatidagi hujayralari faolligi, shilliq osti asosida joylashgan limfotsitlar shaklining o‘zgarishi va morfologik parametrlari pasayishi aniklangan; 
to‘qimalar, hujayralar va hujayralararo darajadagi o‘zgarishlar oq zotsiz erkak kalamush me’da devori tuzilmalaridagi gipotrofik va gipoplastik o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan polipragmaziyada me’da shilliq qavatining morfometrik parametrlarining morfologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tajribada polipragmaziya sharoitida oshqozon shilliq qavatining morfometrik parametrlarini aniqlash  bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «Yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasida me’da shilliq qavatining morfometrik parametrlarini aniqlash metodologiyasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 martdagi 8n-r/268-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma yallig‘lanishga qarshi dori vositalari polipragmaziyasida me’da shilliq qavatining morfometrik o‘zgarishlarini baholash imkonini bergan;
polipragmaziya ta’sirida me’da shilliq qavatining tuzilishidagi morfofunksional xususiyatlar va morfometrik o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot  markazi Samarqand filialida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 apreldagi 8n-z/179-son ma’lumotnomasi) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy tatqiqotda olingan ma’lumotlarning amaliyotga tatbiq etilishi, to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashxis qo‘yish algoritmini ishlab chiqishga, morfometrik va morfologik ko‘rsatkichlariga patogenetik davolash taktikasini tanlash, patologik o‘zgarishlar rivojlanishini prognozlashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish