Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Raqamlashtirilgan ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped303.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirilgan ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlashtirilgan ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirishning integrativ modeli mustaqil ishning ijtimoiy ahamiyatliligi, formal va noformal ta’lim vaziyatlarida ijodiylikni hamda etuk pedagog traektoriyasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ijodiy-didaktik muhitni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi ijodiy faollik, bazaviy, pedagogik va raqamli kompetensiyalarni axborot almashish kommnikativligi, kasbiy-shaxsiy fazilatlar hamda kasbiy bilimlarni raqamli ta’limga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalari o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayonida an’anaviy-raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish, shaxsiy-kasbiy fazilatlarni ta’lim olish motivatsiyasi dinamikasiga adekvat hamda sinxron moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi ijodiy fikrlash va qabul qilish jarayonlarini TPACK, PICRAT, SECTIONS texnologiyalari hamda kasbiy fanlar va malaka amaliyoti jarayonida raqamli kontent yaratish, taxrirlash va almashish kompetensiyalarini fan va bilimga qiziqish uyg‘unligi bilan kooperatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
raqamlashtirilgan ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini baholash mezonlari interfaol, faol, reaktiv va passiv tayyorgarlik darajalarini diagnostik, formativ va summativ baholash hamda kasbiy bilimga, semantik ijodiy foaliyatga, mustaqil ishga va amaliyotga yo‘naltirilgan natijaviy ko‘rsatkichlarning idientiv mosligini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirilgan ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
raqamlashitirilgan ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirishning integrativ modeli mustaqil ishning ijtimoiy ahamiyatliligi, formal va noformal ta’lim vaziyatlarida ijodiylikni hamda etuk pedagog traektoriyasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ijodiy-didaktik muhitni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Informatikani o‘qitish metodikasi» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 sentyabrdagi 538-son buyrug‘i asosida berilgan 538-143 nashr ruxsatnomasi). Natijada informatika fanlarini o‘qitishda zamonaviy o‘qitish metodlarini tadbiq etish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi ijodiy faollik, bazaviy, pedagogik va raqamli kompetensiyalarni axborot almashish kommnikativligi, kasbiy-shaxsiy fazilatlar hamda kasbiy bilimlarni raqamli ta’limga transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Kompyuter ta’minoti» nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i asosida berilgan 744-121 nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning raqamli kompetensiyalarini egallash darajasini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik ko‘nikmalari o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar jarayonida an’anaviy-raqamli texnologiyalarni uyg‘unlashtirish, shaxsiy-kasbiy fazilatlarni ta’lim olish motivatsiyasi dinamikasiga adekvat hamda sinxron moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot-ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 30 noyabrdagi 02-07-4311/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi takomillashtirish va amaliyotga tadbiq etishdagi zamonaviy talablarni aniqlash imkoni oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi ijodiy fikrlash va qabul qilish jarayonlarini TPACK, PICRAT, SECTIONS texnologiyalari hamda kasbiy fanlar va malaka amaliyoti jarayonida raqamli kontent yaratish, taxrirlash va almashish kompetensiyalarini fan va bilimga qiziqish uyg‘unligi bilan kooperatsiyalash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar «Kompyuter ta’minoti» nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i asosida berilgan 744-121 nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini baholash mezonlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
raqamlashtirilgan ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini baholash mezonlari interfaol, faol, reaktiv va passiv tayyorgarlik darajalarini diagnostik, formativ va summativ baholash hamda kasbiy bilimga, semantik ijodiy foaliyatga, mustaqil ishga va amaliyotga yo‘naltirilgan natijaviy ko‘rsatkichlarning idientiv mosligini aniqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Informatikani o‘qitish metodikasi» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 sentyabrdagi 538-son buyrug‘i asosida berilgan 538-143 nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish smaradorligi oshgan.