Arifxanova Saida Narimanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Internet tarmog‘ida yoshlar auditoriyasiga ta’sirqilishning destruktiv usullari”, 19.00.05 – Ijtimoiypsixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Psi66.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Bahromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustamjon Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Alimov Xujagel`di Mustafaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar auditoriyasi ongiga Internet tarmogidagi turli kommunikatorlar tomonidan amalga oshiriladigan destruktiv psixologik ta’sirlarni ochib berish va uning oldini bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
targ‘ibot materiallari ko‘rinishdagi destruktiv axborotning psixologik ta’siri natijasida yoshlar dunyoqarashini ijtimoiy identifikatsiya tamoyiliga muvofiq o‘zgarishi tufayli, noaniq vaziyatlarda destruktiv axborotlar «qurbon»ining ijtimoiy xulq-atvorini shakllanishi dalillangan;
yoshlarga destruktiv Internet axboroti ta’sirini bartaraf etish tizimiga shaxs mediasavodxonligini axborotlarga nisbatan tolerantlik bilan kognitiv jihatdan uyg‘un rivojlanishiga asoslanib, «raqamli immunitet», «ijtimoiy immunitet» tushunchalarini kiritish muhimligi dalillangan;
ijtimoiy omillarning buzg‘unchi kommunikatorlar xatti-harakatiga ta’siri shaxslararo va guruhlararo nizolarining ijtimoiy stereotiplarni shaxs xulqida semantik diferensiatsiyalanishini kuchaytirganligiga tufayli, axborot maydonidagi «agent» va «nishon»ning psixologik portretini ijtimoiy-etnik jihatlari isbotlangan; destruktiv axborot ta’siridan psixologik himoyalanishda tanqidiy fikrlash va mediasavodxonlikni intellektual refleksiv jarayonlar ta’siri rivojlanishi muhimligiga ko‘ra, axborotlarga nisbatan kognitiv kompetentlikni shakllantirish
zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Internet tarmog‘ida yoshlar auditoriyasiga ta’sir qilishning destruktiv usullarini empirik tadqiqot etish asosida:
targ‘ibot materiallari ko‘rinishdagi destruktiv axborotning psixologik ta’siri natijasida yoshlar dunyoqarashini ijtimoiy identifikatsiya tamoyiliga muvofiq o‘zgarishi tufayli, noaniq vaziyatlarda destruktiv axborotlar «qurbon»ining ijtimoiy xulq-atvorini shakllanishini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-79-a son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-79-a son ma’lumotnoma). Natijada yoshlar auditoriyasi va aholining turli qatlamlari vakillariga destruktiv buzg‘unchi ta’sirini o‘rganish imkoni oshirilgan;
yoshlarga destruktiv Internet axboroti ta’sirini bartaraf etish tizimiga shaxs mediasavodxonligini axborotlarga nisbatan tolerantlik bilan kognitiv jihatdan uyg‘un rivojlanishiga asoslanib, «raqamli immunitet», «ijtimoiy immunitet» tushunchalarini kiritish muhimligini dalillashga oid ma’lumotlap Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi asosida “Ekstremal vaziyatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-79-a son ma’lumotnomasi). Natijada buzg‘unchi matnli xabarlar, iboralar, audio va video materiallarning psixologik, emotsional va mazmuniy tusliligini va ularning shaxsning ongiga ta’sirini aniqlashga imkon yaratilgan;
ijtimoiy omillarning buzg‘unchi kommunikatorlar xatti-harakatiga ta’siri shaxslararo va guruhlararo nizolarining ijtimoiy stereotiplarni shaxs xulqida semantik diferensiatsiyalanishini kuchaytirganligiga tufayli, axborot maydonidagi «agent» va «nishon»ning psixologik portretini ijtimoiy-etnik jihatlarini isbotlashga oid tavsiyalap Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi asosida “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-79-a son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning yoshi, jinsi, ma’lumoti, tug‘ilgan joyi, yashash joyi va kelib chiqishi mintaqasini hisobga olgan holda, ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berishga sharoit yaratilgan;
destruktiv axborot ta’siridan psixologik himoyalanishda tanqidiy fikrlash va mediasavodxonlikni intellektual refleksiv jarayonlar ta’siri rivojlanishi muhimligiga ko‘ra, axborotlarga nisbatan kognitiv kompetentlikni shakllantirish zaruratini dalillashga oid takliflap Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi asosida “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining2021 yil 26 avgustdagi PM-79-a son ma’lumotnomasi). Natijada hamdardlik va destruktiv tashviqot materiallari muammolariga mayllik, shafqat va emotsional munosabatda jalb etilishini aniqlashga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish