Zaripov Otabek Murodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari»,  19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/P296.
Ilmiy rahbar: Umarov Bahriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Jabborov Hazrat Husenovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsni axborot xurujlaridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ochib berish va yoshlarda axboriy xurujlarga nisbatan psixologik immunitetni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalashning axborotlarni mantiqiy tahlil qila olish tafakkuri, axborot-psixologik xavfsizlik to‘g‘risidagi tushuncha va tasavvurlarining shakllanganlik darajasi, dunyoqarash kengligi va ijtimoiylashuv darajasi kabi ijtimoiy-psixologik omillari aniqlangan; 
o‘quvchilarning yosh davri xususiyatlari, kundalik muammo va tashvishlarni bartaraf etishdagi o‘z-o‘ziga nisbatan ishonch hissi hamda o‘z-o‘zini baholash darajasining yoshlar o‘rtasida axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati izohlangan; 
o‘quvchi yoshlarda ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlarga moyillik va tobelikning kelib chiqishiga - yosh davri xususiyatlariga ko‘ra qiziquvchanlik, kundalik  muammo va tashvishlardan uzoqlashish uchun ijtimoiy tarmoqlardan panoh izlashga urinish, axborotlardan o‘z o‘rnida va me’yorda foydalanishga e’tibor bermaslik, axborotlarni tushunish va tanlash malakasining etarli emasligi hamda bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlay olmaslik kabi individual-psixologik xususiyatlar ta’siri dalilangan; 
yoshlarni axborot xurujlaridan psixologik himoyalashda internet tarmoqlaridan ko‘proq ko‘ngil ochar mavzudagi holatlarni tomosha qilishning zarari, yoshlar qalbiga ta’sir ko‘rsatuvchi va inson ongini to‘la-to‘kis egallashga qaratilgan salbiy  xabar va axborotlarni saralash hamda ulardan  to‘g‘ri foydalanish, har qanday yot va zararli salbiy axborotlarga munosib javob qaytarish malakasini shakllantirish kabi psixologik mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarni  axborot xurujlaridan himoyalashning individual-psixologik, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida: 
yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalashning axborotlarni mantiqiy tahlil qila olish tafakkuri, axborot-psixologik xavfsizlik to‘g‘risidagi tushuncha va tasavvurlarining shakllanganlik darajasi, dunyoqarash kengligi va ijtimoiylashuv darajasi kabi ijtimoiy-psixologik omillari aniqlangan natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-53a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-53a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan amaliyotchi psixologlarni  o‘quvchi yoshlarda axborot xurujlaridan psixologik himoyalashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi psixologik ma’lumotlar bilan qurollantirishga va ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning yosh davri xususiyatlari, kundalik muammo va tashvishlarni bartaraf etishdagi o‘z-o‘ziga nisbatan ishonch hissi hamda o‘z-o‘zini baholash darajasining yoshlar o‘rtasida axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati izohlangan takliflar  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-53a-son buyrug‘iga asosan «Axborot-psixologik xavfsizlik» moduliga kiritilgan(Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-53a-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalashningh ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari oshirilgan;
o‘quvchi yoshlarda ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlarga moyillik va tobelikning kelib chiqishiga - yosh davri xususiyatlariga ko‘ra qiziquvchanlik, kundalik  muammo va tashvishlardan uzoqlashish uchun ijtimoiy tarmoqlardan panoh izlashga urinish, axborotlardan o‘z o‘rnida va me’yorda foydalanishga e’tibor bermaslik, axborotlarni tushunish va tanlash malakasining etarli emasligi hamda bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlay olmaslik kabi individual-psixologik xususiyatlar ta’siri dalilangan  takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-53a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-53a-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi psixologlarning yoshlar o‘rtasida axboriy-psixologik xavfsizlikni ta’minlashda har bir yosh davrga xos holda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va takliflardan foydalanish imkoniyatlari ta’minlangan; 
yoshlarni axborot xurujlaridan psixologik himoyalashda internet tarmoqlaridan ko‘proq ko‘ngil ochar mavzudagi holatlarni tomosha qilishning zarari, yoshlar qalbiga ta’sir ko‘rsatuvchi va inson ongini to‘la-to‘kis egallashga qaratilgan salbiy  xabar va axborotlarni saralash hamda ulardan  to‘g‘ri foydalanish, har qanday yot va zararli salbiy axborotlarga munosib javob qaytarish malakasini shakllantirish kabi psixologik mexanizmlari takomillashtirilgan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-53a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan(Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021yil 26 avgustdagi PM-53a-son ma’lumotnomasi).Natijada amaliyotchi psixologlarda yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlarga moyilligining psixologik sabablari bo‘yicha muayyan bilim, malakaning shakllanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish