Luqmonov Akmal Subhonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlik davrida emotsional holatlar namoyon etilishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05– Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi18.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlar doktori, professor; Narmetova Yulduz Karimovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homilador ayollardagi emotsional holatlarga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarda o‘z-o‘zini his qilish darajasining ifodalanishida homiladorlikda qo‘zg‘aluvchanlik, yolg‘izlik, frustratsiyaning xavotirlanish ta’sirida kuchayishi tufayli o‘z-o‘zini noadekvat his qilish bilan bog‘liq depressiv holatlarning namoyon bo‘lishi mumkinligi isbotlangan;
homiladorlik davri(trimestrlari)ning har birida noadekvat shaxslararo munosabatlarning namoyon bo‘lishida kayfiyat va taranglik, depressiyaning dinamik tarzda ifodalanishi faollikni susaytirganligi tufayli ayollardagi hissiy beqarorlik va agressivlikning kuchayishiga dalillangan;
homiladorlarda ekstroversiya darajasining yuqoriligi natijasida ijtimoiy identifikatsiya va empatiyaning adaptatsiya jarayonida ustuvorligi tufayli depressivlik, frustratsiyalashuvning pasayishi mumkinligi isbotlangan;
homilador ayollardagi emotsional holatlar o‘zgarishining tug‘ruq sifatiga ta’siri darajalarini ifodalanishida bolaning holatini tibbiy xodim tomonidan Apgar shkalasida va ona tomonidan baholanish dinamikasidagi o‘zgarishlar tufayli differensial farqlarning mavjudligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Homiladorlik davrida emotsional holatlar namoyon etilishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayollarda o‘z-o‘zini his qilish darajasining ifodalanishida homiladorlikda qo‘zg‘aluvchanlik, yolg‘izlik, frustratsiyaning xavotirlanish ta’sirida kuchayishi tufayli o‘z-o‘zini noadekvat his qilish bilan bog‘liq depressiv holatlarning namoyon bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-73-a sonli buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-73-a-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22-yanvardagi 89-03-371-son ma’lumotnomalari). Natijada tibbiyot xodimlari psixologik tayyorgarligi samaradorligiga erishilgan;
homiladorlik davri(trimestrlari)ning har birida noadekvat shaxslararo munosabatlarning namoyon bo‘lishida kayfiyat va taranglik, depressiyaning dinamik tarzda ifodalanishi faollikni susaytirganligi tufayli ayollardagi hissiy beqarorlik va agressivlikning kuchayishiga dalillangan tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-73-a sonli buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-73-a son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 89-03-371-son ma’lumotnomalari). Natijada homilador ayollarni salomatligi bilan bog‘liq psixologik reablitatsiya jarayonlarini sifatli bo‘lishiga xizmat qilgan;
homiladorlarda ekstroversiya darajasining yuqoriligi natijasida ijtimoiy identifikatsiya va empatiyaning adaptatsiya jarayonida ustuvorligi tufayli depressivlik, frustratsiyalashuvning pasayishi mumkinligi isbotlangan taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-73-a sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-73-a son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22-yanvardagi 89-03-371-son ma’lumotnomalari). Natijada tibbiyot xodimlari kasbiy kompetentliginini rivojlanishiga erishilgan;
homilador ayollardagi emotsional holatlar o‘zgarishining tug‘ruq sifatiga ta’siri darajalarini ifodalanishida bolaning holatini tibbiy xodim tomonidan Apgar shkalasida va ona tomonidan baholanish dinamikasidagi o‘zgarishlar tufayli differensial farqlarning mavjudligini dalillovchi ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-73-a sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-73-a sonli, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 89-03-371-son ma’lumotnomalari). Natijada homilador ayollar bilan ishlashning metodologik bazasi kuchayishiga erishilgan.