Kalandarova Madina Baxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Etuklik yoshidagi ayollarda tug‘ruqdan keyingi emotsional holatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P288.
Ilmiy rahbar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sherimbetova Zamira Shalabaevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi etuklik yoshidagi ayollarning tug‘ruqdan keyingi emotsional holatlariga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ruqdan keyingi davrda depressiyaning darajaviy rivojlanishiga ko‘ra, ona-bola munosabatlaridagi o‘zaro identifikatsiyaning namoyon bo‘lishida ichki qarama-qarshiliklar, aybdorlik hissi, salbiy fikrlar, asabiylashish va jahldorlik kabi kechinmalarning hulqda intensiv namoyon bo‘lishi tufayli, emotsional holatlar differensiatsiyasi kuzatilishi dalillangan;
tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarda salbiy emotsional holatlar ifodalanishiga ko‘ra, vegetativ, astenik va isterik reaksiyalar darajasining beqaror psixoemotsional holatlar ta’sirida kuchayishi tufayli, psixik salomatlikning yoshga bog‘liq differensial farqlari mavjudligi asoslangan;
tug‘ruqdan keyingi davrda bolaning sog‘lig‘i va ahvoli uchun qo‘rquvning doimiy ta’qib qiluvchi xarakteri tug‘ruqdan keyingi davrda yuz berayotgan hodisalarni nazorat qilishning sub’ektiv hissi namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ona tomonidan bola harakatlarini anglash va tushunishning murakkabligi hamda bolani to‘g‘ri parvarishlashda o‘zining tajribasizligi va ojizligini sezish hissi sababli, nevrotik-depressiya darajasining oshishida yoshga bog‘liq differensial farqlari mavjudligi asoslangan;
tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarning psixik salomatligini barqarorlashtirishda kognitiv, shaxsiy, irodaviy, ijtimoiy sohalariga autogen ta’sirning muhimligiga ko‘ra, farzandiga, o‘z-o‘ziga, turmushiga, hayotga nisbatan munosabatlari tizimida emotsional intellektni shakllantirish zarurligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Etuklik yoshidagi ayollarda tug‘ruqdan keyingi emotsional holatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tug‘ruqdan keyingi davrda depressiyaning darajaviy rivojlanishiga ko‘ra, ona-bola munosabatlaridagi o‘zaro identifikatsiyaning namoyon bo‘lishida ichki qarama-qarshiliklar, aybdorlik hissi, salbiy fikrlar, asabiylashish va jahldorlik kabi kechinmalarning xulqda intensiv namoyon bo‘lishi tufayli, emotsional holatlar differensiatsiyasi kuzatilishini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 30 noyabrdagi PM-19-sonli buyrug‘iga asosan «Tibbiyot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 7 dekabrdagi PM-19-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, tug‘ruqdan keyingi davrda depressiyaning darajaviy rivojlanishiga ko‘ra, salbiy kechinmalarning hulqda intensiv namoyon bo‘lishi muammosi bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarda salbiy emotsional holatlar ifodalanishiga ko‘ra, vegetativ, astenik va isterik reaksiyalar darajasining beqaror psixoemotsional holatlar ta’sirida kuchayishi tufayli, psixik salomatlikning yoshga bog‘liq differensial farqlari mavjudligini asoslashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 30 noyabrdagi PM-19-sonli buyrug‘iga buyrug‘i bilan “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 7 dekabrdagi PM-19-m-son ma’lumotnomasi). Natijada tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarda kuzatiladigan emotsional holatlarning homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi erta va kechki davr xususiyatlariga munosabati va ulardagi emotsional holat o‘zgarishlarining yoshga bog‘liq differensial farqlari mavjudligi asoslashga imkon yaratilgan;
tug‘ruqdan keyingi davrda bolaning sog‘lig‘i va axvoli uchun qo‘rquvning doimiy ta’qib qiluvchi xarakteri tug‘ruqdan keyingi davrda yuz berayotgan hodisalarni nazorat qilishning sub’ektiv hissi namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ona tomonidan bola harakatlarini anglash va tushunishning murakkabligi hamda bolani tug‘ri parvarishlashda o‘zining tajribasizligi va ojizligini sezish hissi sababli, nevrotik-depressiya darajasining oshishida yoshga bog‘liq differensial farqlari mavjudligini asoslashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 30 noyabrdagi PM-19-sonli buyrug‘iga buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 7 dekabrdagi PM-19-m-son ma’lumotnomasi). Natijada tug‘ruqdan keyingi davrda yuz berayotgan hodisalarni nazorat qilishning sub’ektiv kechinmalari namoyon bo‘lishida nevrotik-depressiya holatini yoshga bog‘liq differensial farqlarini empirik tadqiq etishga sharoit yaratilgan;
tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarning psixik salomatligini barqarorlashtirishda kognitiv, shaxsiy, irodaviy, ijtimoiy sohalariga autogen ta’sirning muhimligiga ko‘ra, farzandiga, o‘z-o‘ziga, turmushiga, hayotga nisbatan munosabatlari tizimida emotsional intellektni shakllantirish zarurligini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 30 noyabrdagi PM-19-sonli buyrug‘iga buyrug‘i bilan “Tibbiyot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 7 dekabrdagi PM-19-m-son ma’lumotnomasi) va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil «24» noyabrdagi 08-37348-sonli ma’lumotnomasi) natijada tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarda emotsional holatlarning darajasini o‘rganish, ayollarning emotsional sohasiga ijobiy ta’sir qiladigan psixokorreksion dasturni qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan.