Dumarov Mashhurbek Hasanovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yoshlarda ijtimoiy voqelikka munosabat shakllanishining psixologik jihatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/P140.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Safaev Nuriddin Salihovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar Umarov Bahriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmanova Zuxra Abduraxmon qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha PhD.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarda ijtimoiy voqelikka munosabat idroki va uning interpretatsiyasiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash asosida ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hulq-atvorga ta’sir etuvchi stimul shaxs tomonidan turli kontekstda izohlanishiga ko‘ra, ijtimoiy munosabatlardagi shaxsning sub’ektiv interpretatsiyasi, axborot mazmuni, identifikatsion komponentlari, ijtimoiy anglash va adaptatsiyalashuv jarayonlarini o‘tmish-bugun-kelajak uzviyligida psixokorreksiya imkonini berishi dalillangan;
shaxs hulq-atvorining ontogenetik taraqqiyoti va sotsializatsiyasida, «attityud»ning «kognitiv», «konativ» va «affektiv» qismlariga nisbatan amalga oshiriladigan hatti-harakatlar orqali, ijtimoiy munosabat shaxs xulq-atvorining motivatsion komponentiga ustuvorlik berish muhim ekanligi dalillangan;
ijtimoiy voqelikka munosabat tarkib topishi individlar yoshiga bog‘liqligi sababli, shaxslarning jamiyatda egallagan o‘rni, mehnat shart-sharoitlarida adaptiv munosabati, ustanovkalarning o‘ziga xos tarzda ifodalanishi xususiyatlari, ijtimoiy munosabat tuzilmasini konservatsiya va o‘zgartirishga moyillik negizida shakllanishi asoslangan;
shaxs ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi ekanligi tufayli, ijtimoiy voqelikka munosabat shakllanishiga ta’sir etuvchi interpersonal idrok mexanizmlari va effektlari, shaxslararo idrok aniqligi, shaxslararo attraksiyani, shaxs emotsional-kognitiv motivlari asoslariga ta’sir ijtimoiy o‘zgarishlar va islohotlarga yoshlar daxldorligini kuchaytirish mumkinligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yoshlarda ijtimoiy voqelikka munosabat shakllanishining psixologik jihatlari yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
hulq-atvorga ta’sir etuvchi stimul shaxs tomonidan turli kontekstda izohlanishiga ko‘ra, ijtimoiy munosabatlardagi shaxsning sub’ektiv interpretatsiyasi, axborot mazmuni, identifikatsion komponentlari, ijtimoiy anglash va adaptatsiyalashuv jarayonlarini o‘tmish-bugun-kelajak uzviyligida psixokorreksiya imkonini berishi dalillanganligiga doir takliflari Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 fevraldagi PM-02-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 fevraldagi PM-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning yoshlarda ijtimoiy voqelikka munosabatini shakllantirish bo‘yicha profilaktika ishlarini tashkil etishning namunaviy rejasi ishlab chiqilgan;
shaxs hulq-atvorining ontogenetik taraqqiyoti va sotsializatsiyasida, «attityud»ning «kognitiv», «konativ» va «affektiv» qismlariga nisbatan amalga oshiriladigan hatti-harakatlar orqali, ijtimoiy munosabat shaxs xulq-atvorining motivatsion komponentiga ustivorlik berish muhim ekanligi dalillanganiga doir xulosa va tavsiyalaridan Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 fevraldagi PM-02-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 fevraldagi PM-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markazning ilmiy-amaliy ta’minoti kuchaytirilib, ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarini shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
ijtimoiy voqelikka munosabat tarkib topishi individlar yoshiga bog‘liqligi sababli, shaxslarning jamiyatda egallagan o‘rni, mehnat shart-sharoitlarida adaptiv munosabati, ustanovkalarning o‘ziga xos tarzda ifodalanishi xususiyatlari, ijtimoiy munosabat tuzilmasini konservatsiya va o‘zgartirishga moyillik negizida shakllanishi asoslanganiga doir xulosalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ta’lim muassasalarida ma’naviyat targ‘ibotiga doir rejalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (2021 yil 08 sentyabrdagi 03/07-24-son dalolatnomasi). Natijada ijtimoiy psixologiya ta’lim targ‘ibotini yanada kengaytirish imkonini bergan;
shaxs ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi ekanligi tufayli, ijtimoiy voqelikka munosabat shakllanishiga ta’sir etuvchi interpersonal idrok mexanizmlari va effektlari, shaxslararo idrok aniqligi, shaxslararo attraksiyani, shaxs emotsional-kognitiv motivlari asoslariga ta’sir ijtimoiy o‘zgarishlar va islohotlarga yoshlar daxldorligini kuchaytirish mumkinligi dalillangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 fevraldagi PM-02-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 15 fevraldagi PM-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijasining qo‘mita faoliyatida foydalanishi natijasida mamlakatimiz ta’lim tizimining nazariy asoslarini mustahkamlash hamda yoshlarda ta’lim va tarbiya uyg‘unligini shakllantirishga xizmat qilgan.