Cadriddinzoda Safiya Shaxobiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Demonologik leksikaning semantik xususiyatlari va pragma-madaniy vazifalari (ingliz, o‘zbek va rus adabiyoti asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1458.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Islamdjanova Xazifaxan, filologiya fanlari doktori, professor; Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi demonologik leksikaning semantik xususiyatlari va pragma-madaniy vazifasini qiyosiy-tipologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi fantastik janrga oid matnlar asosida demonologik leksikaning turli sathlarga tegishli nominativ birliklar vositasida lisoniy voqelanishi isbotlangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillari demonologik lug‘aviy birliklar ma’no ko‘lamining konotativ va referent bo‘laklari farqlanib, ularning tuzilishi, tasnifi hamda o‘zaro munosabati aniqlangan;
ingliz, o‘zbek va rus xalq og‘zaki ijodi markaziy mifologik personajlarining yaxlit obrazi shakllantirilib, ushbu obrazlar tasvirida ularning ijtimoiy mavqesi, tashqi qiyofasi, alomatlari, genezisi, joylashuvi kabilar tavsifi muhim ekanligi dalillangan;
fantastik janrdagi badiiy matnlarda “yovuz ruhlar” semantik maydonining o‘ziga xosligi hamda ushbu maydon doirasida asarning g‘oyaviy mundarijasi rivojlanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, o‘zbek va rus  adabiyoti demonologik leksikasining semantik xususiyatlari va pragma-madaniy vazifalarini o‘rganish asosida:
fantastik janrlarga oid matnlar asosida ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi demonologik lug‘aviy birliklarning nominativ birliklar vositasida lisoniy voqelanishi haqidagi ma’lumotlar Erasmus+ 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE-IMEP: «O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish va xalqarolashtirish» tadqiqot loyihasi uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 13 apreldagi 2543/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ma’lumotlar bo‘lajak mutaxassislarning tilshunoslik sohasidagi ingliz, o‘zbek va rus tillari bo‘yicha bilim darajasini oshirishga xizmat qilgan;
demonologik lug‘aviy birliklarda konotativ va referent bo‘laklari tasnifi hamda tuzilishi haqida olingan natijalar Samarqand davlat chet tillar institutining I-204-4-5 «Axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida ingliz tilining maxsus fanlari bo‘yicha virtual resurslar yaratish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etish” innovatsion loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 13 noyabrdagi 2544/30.02.01-son). Natijada, tahlil qilinayotgan tillarning milliy-madaniy xususiyatlari ochib berilgan, bu esa o‘qituvchi va talabalarning kommunikativ va lingvistik mahoratini oshirishga xizmat qilgan;
xalq og‘zaki ijodida mifologik personajlarning ijtimoiy mavqesi, tashqi qiyofasi, alomatlari, genezisi, joylashuvi tavsifi va demonologik leksikaning lingvomadaniy tahlili natijalari til o‘qitish metodikasi, madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga yo‘naltirilgan Tempus 544161-Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTel “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” grant loyihasi doirasida qo‘llanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 22 noyabrdagi 2689/30.02.01-son). Natijada, ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishga erishilgan;
“Yovuz ruhlar” semantik maydoni doirasida fantastik janrdagi matnlarda g‘oyaviy rivojlanishi va zamonaviy badiiy adabiyotda demonologik leksikaning katta ahamiyatga egaligi haqidagi ilmiy xulosalardan Samarqand viloyat radiosining “Assalom, Samarqand” eshittiruvini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 30 noyabrdagi 01-11/536-son). Natijada, radioeshitirishning badiiylik va tarbiyaviy mohiyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish