Kalimbetov Kamal Ilalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qat’iymas ma’lumotlarning ko‘pligi sharoitida «informatika» fanini o‘qitish algoritmlari va modellarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped2548. 
Ilmiy rahbar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Qudaybergenov Karimbergen Qadirbergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ashurova Anargul Ismailovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qat’iymas ma’lumotlarning ko‘pligi sharoitida «informatika» fanini o‘qitish algoritmlari va modellarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chikishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qat’iymas ma’lumotlarning ko‘pligi sharoitida propedektiv metodining tuzilishi ta’lim tizimining shakliga muvofiq differensiallashgan o‘qitish va talabalarning kreativ fikrlashlarini shakllantirishning ahamiyatli ekanligini bevosita hisobga olish orqali FUZZY qoidalarini integrativ qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning e’tiborini muayyan omillarga qaratishga xizmat qiluvchi propedevtik metodlar refleksiv uzviylikni ta’minlash asosida o‘qitish maqsadiga erishishga doir algoritmli fikrlash bilan ta’lim berish foaliyatini loyihalashning identivligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kompetentligini baholashda echimlar qabul qilish algoritmlari o‘qituvchilik faoliyatidagi didaktik, amaliy, ilmiy va metodik muammolar doirasidan kelib chiqqan holda informatika fanini samarali o‘qitishda noaniq-to‘plam modeli asosida talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining lingvistik o‘zgaruvchilari ta’lim mazmunini tushunishning talaba, odatiy, evristik va ijodiy  darajalarini identiv qo‘llashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan; 
informatika fanidan talabalar bilimini baholashning dasturiy ta’minoti C++ builder redaktori asosida ob’ekt, hodisa yoki jarayonlarni modellashtirishga doir  ta ekspertlar tanlash va yaqinlashuv nuqtasini tanlashdan iborat bo‘lgan yaxshilashga,  qat’iymas matematik modellar asosida boshqarish yoki masalalarini echishda mutaxassislarning xulosa qilish jarayonini, xatolarsiz qarorlar qabul qilish imkonini kuchaytirishga qaratilgan juftli bog‘lanish metodini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qat’iymas ma’lumotlarning ko‘pligi sharoitida «informatika» fanini o‘qitishni algoritmlari va modellarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
qat’iymas ma’lumotlarning ko‘pligi sharoitida propedektiv metodining tuzilishini ta’lim tizimining shakliga muvofiq differensiallashgan o‘qitish va talabalarning kreativ fikrlashlarini shakllantirishning ahamiyatli ekanligini bevosita hisobga olish orqali FUZZY qoidalarini integrativ qo‘llash asosida aniqlashtirishga doir takliflardan 5112100 – Mehnat ta’lim o‘qitish metodikasi bakalavriat yo‘nalishi uchun “Matematika” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019  yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-050 raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida matematika va informatika fanini ta’lim tizimining turiga muvofiq differensiallashgan holda o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning e’tiborini muayyan omillarga qaratishga xizmat qiluvchi propedevtik metodlarni refleksiv uzviylikni ta’minlash asosida o‘qitish maqsadiga erishishga doir algoritmli fikrlash bilan  ta’lim berish foaliyatini loyihalashning identivligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga hamda informatika fanidan talabalar bilimini baholashning dasturiy ta’minotini juftli bog‘lanish metodini qo‘llash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  5330500 – “Kompyuter injiniringi”, “AT-servis va mul`timedia texnologiyalari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Kompyuter tarmaqlari” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2022  yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-407 raqamli guvohnoma). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida muayyan omillarga qaratishga xizmat qiluvchi metodlar fanni kredit-modulli ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning kompetentligini baholashda echimlar qabul qilish algoritmlarini o‘qituvchilik faoliyatidagi didaktik, amaliy, ilmiy va metodik muammolar doirasidan kelib chiqqan holda informatika fanini samarali o‘qitishda noaniq-to‘plam modeli asosida talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining lingvistik o‘zgaruvchilari ta’lim mazmunini tushunishning talaba, odatiy, evristik va ijodiy  darajalarini identiv qo‘llashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan I-XT-0-19929 raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” nomli innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 26 maydagi 88-son ma’lumotnomasi) Natijada, informatika fanini o‘qitishda qarorlar qabul qilish tizimi algoritmini takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish