Maxmanov Botir Qudratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini monitoring qilish model va algoritmlari», 05.01.04 - Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T2432.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raxmanov Qurbon Sodiqovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dilnoza Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Mexriddin Fazliddinovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini monitoring qilish model va algoritmlari hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish uchun taqsimlangan ma’lumotlar bazasining relyasion modeli, axborot IDEF modellari va uch pog‘onali integratsion modellari loyihalashtirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilishda davlat fuqarolik xizmatchilari egallagan bilim va ko‘nikma natijalarini baholash matematik ta’minoti va algoritmlari ishlab chiqilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyatida o‘quv jarayonini tashkil qilish dasturiy funksional modullarining model va algoritmlari ishlab chiqilgan;
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish dasturiy majmuasining funksional modullarini mijoz-server arxitekturasi asosida o‘zaro ma’lumot almashish imkonini beruvchi integratsiyalashuv tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Davlat boshqaruvi akademiyasi va hududiy filiallarida davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyati monitoringini tashkil etish bo‘yicha taklif etilgan model va algoritmlar hamda dasturiy majmuasi asosida:
Davlat boshqaruvi akademiyasi va hududiy filiallarida funksional jarayonning axborot IDEF modellari, ma’lumotlar bazasining IDEF1X modellari, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyati monitoringi jarayonini matematik ta’minoti va algoritmlari asosida Davlat fuqarolik xizmatchilari kasbiy-malaka faoliyati monitoringini yuritishga mo‘ljallangan va qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi Smart Learning dasturiy majmuasi joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 maydagi 1432/15-01 son ma’lumotnomasi). Natijada dasturiy majmua orqali o‘quv jarayonini tashkil qilish ko‘lamining 3,5 barobarga oshishiga erishilgan.
Davlat boshqaruvi akademiyasi va hududiy filiallarida malaka faoliyatini  baholash va monitoring jarayoniga online rejimida tegishli natijaviy ma’lumotlarni umumlashtirgan holda tayyorlash kabi imkoniyatlarini ta’minlovchi «SMART LEARNING-2» monitoringi dasturiy moduli joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 maydagi 1432/15-01 son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat sinovlarini baholash jarayonlarida shaffoflikning 1,31 barobargacha ko‘tarilishiga erishilgan;
Ishlab chiqilgan dasturiy majmua raqamli integratsiya asosida davlat fuqarolik xizmatchisining malaka oshirish axborot tizimiga, davlat fuqarolik xizmatchisining yagona elektron axborot portaliga integratsiyalari yo‘lga qo‘yildi (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 12 maydagi 1432/15-01 son ma’lumotnomasi). Natijada davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyati monitoringini yuritish, jarayondagi hujjatlarni raqamlashtirish, qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda sohada shaffoflikni ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish