Kurbanbaeva Asel` Jumabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2173.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Saparov Turdibay Tolibaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analarining pedagogik jarayoni yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analarining ijtimoiy-pedagogik ahamiyati shaxsning ma’naviy va jismoniy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan xalq tabobatining ustuvor yo‘nalishlari (akupunktura, ayurveda, naturopatiya, termal tibbiyot, xiro-amaliyot) bilan milliy urf-odat va an’analarning identivligi asosida salomatlikni saqlashning reproduktiv-empirik tavsifiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analarining tashkiliy tuzilmasi (tug‘ri ovqatlanish, harakatda bo‘lish, kun tartibiga amal qilish, ruo‘xiy osoyishtalik, zararli odatlardan himoyalanish, ozodalik) qoraqalpoq xalqining etnik xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida yoshlarning jismoniy faolligi, bandligii va iqlim sharoitini hisobga olgan holda sog‘lom nasl qoldirish + tabiiy davolash maxsulotlaridan foydalanish + ekologik va sog‘lom ovqatlanish madaniyati determinantligini empirik baholash orqali takomillashtirilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari va strategiyalari etnopedagogik adabiyotlar, fol`klor asarlari va tarixiy manbalarni o‘rganish asosida ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-gigienik, psixologik va jismoniy usullardan foydalangan holda faoliyatli yondashuvga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analarining modeli talabalarga salomatlikni saqlashni o‘rgatishning kognitiv, motivatsion va amaliy komponentlari o‘zaro ta’siri integrativligi orqali xalq salomatlik an’analarini takomillashtirish dasturi (tarkibi, vositalari, usullari) asosida xalq salomatlik an’analarining mazmuni va pedagogik shart-sharoitlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analari asosida:
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analarining ijtimoiy-pedagogik ahamiyatini shaxsning ma’naviy va jismoniy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan xalq tabobatining ustuvor yo‘nalishlari (akupunktura, ayurveda, naturopatiya, termal tibbiyot, xiro-amaliyot) bilan milliy urf-odat va an’analarning identivligi asosida salomatlikni saqlashning reproduktiv-empirik tavsifiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga hamda qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analarining tashkiliy tuzilmasini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Organikaliq ximiya” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i, 500-053-raqamli guvohnoma). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida xalq tabobati, dorivor o‘simliklari salomatlikni saqlashdagi ahamiyati, ekologik madaniyatga ega bo‘lish, atrof-muhitning tozaligini saqlash singari tushunchalarini mustahkamlashga doir topshiriqlar tizimini yaratishga erishilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari va strategiyalarini etnopedagogik adabiyotlar, fol`klor asarlari va tarixiy manbalarni o‘rganish asosida ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-gigienik, psixologik, jismoniy usullardan foydalangan holda faoliyatli yondashuvga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining PZ-2014-0829162612-raqamli “Ta’lim jarayonini ijtimoiy-pedagogik loyihalashtirish metodikasini ishlab chiqish” (2014-2018 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 apreldagi 02-07-1119/04-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimi talabalarida salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analarini tahlil qilish jarayonida salomatlikni mustahkamlovchi pedagogik-psixologik omillarni aniqlash imkoniyatlari yaratilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analarining modelini talabalarga salomatlikni saqlashni o‘rgatishning kognitiv, motivatsion va amaliy komponentlari o‘zaro ta’siri integrativligi orqali xalq salomatlik an’analarini takomillashtirish dasturi (tarkibi, vositalari, usullari) asosida xalq salomatlik an’analarining mazmuni va pedagogik shart-sharoitlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan FZ-XT-1-55237-raqamli „Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” (2014-2018 yy.) mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 21 apreldagi 02-07-1119/04-son dalolatnomasi). Natijada qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni salomatlikni saqlashga o‘rgatish an’analari bilan bog‘liq, xalqning yashash sharoitiga asoslangan davolash usullari va ko‘rinishlaridagi dunyoqarash tizimi asosida sog‘lom turmush tarzini o‘rgatuvchi mul`timediali elektron ta’lim resursini yaratishga erishilgan.