Narshabaeva Aliya Yumutbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bilingvistik yondashuv asosida talabalarda tolerantlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3403.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Berdimuratov Dauletniyaz Uteniyazovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bilingvistik yondashuv asosida talabalarda tolerantlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda tolerantlikni rivojlantirishning pedagogik tuzilmasi hissiy-motivatsion va empatik, kognitiv-faoliyatli, xulq-atvorli-kommunikativ, refleksiv-baholovchi kichik tizimlarning shaxsiy barqarorlik, empatiya, plyuralizm, ijtimoiy faollik kabi mezonlar bilan “tolerantlik chegarasi” o‘rtasidagi korrelyasiyaning muvofiqlik darajasi ahamiyatli ekanligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
bilingval ta’lim muhiti sharoitida talabalarda tolerantlikni rivojlantirish jarayonlari ikki til kodlari yordamida bag‘rikenglik, ishonch, samimiylik, saxiylik, moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi, jamoaviylik, kompromiss kabi tayanch umuminsoniy qadriyatlarni ijtimoiy-madaniy vaziyatlarga yo‘naltirilgan badiiy bilingvizm bilan madaniyatlararo integratsiyasi validligini o‘qitish maqsadlari bilan identivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda tolerantlikni bilingvistik yondashuv asosida rivojlantirish modelining amaliy komponenti ona tili (L1) va ikkinchi tilni (L2) o‘zlashtirishning turli jihatlarini (tinglash, gapirish, yozish, o‘qish) o‘zlashtirish bo‘yicha konseptual ta’limning (Concept learning) tarixiy kontekst (T), maqsadli auditoriya (M), muallifning nuqtai nazari (M), matn muallifining maqsadi (M) – 1T3M pedagogik formulasi asosida konsept-mashg‘ulotni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tolerantligini rivojlantirishning ikki tilga doir matnlarini qiyoslash, konsept va realiya ustida ishlashga doir topshiriqlar tuzish, madaniyatlararo muloqotning samarali texnikalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq lingvodidaktik shart-sharoitlari “tolerantlik indeksi”ni konstruktivlik darajasi produktivligini aniqlash asosida kommunikativ ustanovkalarni madaniyatlararo muloqot kontekstiga maqsadli yo‘naltirish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bilingvistik yondashuv asosida talabalarda tolerantlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda tolerantlikni rivojlantirishning pedagogik tuzilmasini hissiy-motivatsion va empatik, kognitiv-faoliyatli, xulq-atvorli-kommunikativ, refleksiv-baholovchi kichik tizimlarning shaxsiy barqarorlik, empatiya, plyuralizm, ijtimoiy faollik kabi mezonlar bilan “tolerantlik chegarasi” o‘rtasidagi korrelyasiyaning muvofiqlik darajasi ahamiyatli ekanligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashtirish, bilingval ta’lim muhiti sharoitida talabalarda tolerantlikni rivojlantirish jarayonlarini ikki til kodlari yordamida bag‘rikenglik, ishonch, samimiylik, saxiylik, moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi, jamoaviylik, kompromiss kabi tayanch umuminsoniy qadriyatlarni ijtimoiy-madaniy vaziyatlarga yo‘naltirilgan badiiy bilingvizm bilan madaniyatlararo integratsiyasi validligini o‘qitish maqsadlari bilan identivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari uchun xorijiy tildan uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 11 apreldagi 01/11-02/02-465-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy (nemis) tilni o‘rganishning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
talabalarda tolerantlikni bilingvistik yondashuv asosida rivojlantirish modelining amaliy komponenti ona tili (L1) va ikkinchi tilni (L2) o‘zlashtirishning turli jihatlarini (tinglash, gapirish, yozish, o‘qish) o‘zlashtirish bo‘yicha konseptual ta’limning (Concept learning) tarixiy kontekst (T), maqsadli auditoriya (M), muallifning nuqtai nazari (M), matn muallifining maqsadi (M) – 1T3M pedagogik formulasi asosida konsept-mashg‘ulotni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari nofilologik fakul`tetlarining bakalavr ta’lim yo‘nalishlari 2-kurs talabalari uchun “DEUTSCH“ nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab yaratisha foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son bo‘yrug‘i, 302-0419-raqamli guvohnomasi). Natijada, bilingvistik yondashuv asosida xorijiy tilni o‘qitish jarayonida talabalarda tolerantlik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarning tolerantligini rivojlantirishning ikki tilga doir matnlarini qiyoslash, konsept va realiya ustida ishlashga doir topshiriqlar tuzish, madaniyatlararo muloqotning samarali texnikalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq lingvodidaktik shart-sharoitlari “tolerantlik indeksi”ni konstruktivlik darajasi produktivligini aniqlash asosida kommunikativ ustanovkalarni madiniyatlararo muloqot kontekstiga maqsadli yo‘naltirish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 7 oktyabrdagi 380-son ma’lumotnomasi). Natijada, bilingvistik ta’lim sharoitida talabalarda raqamli kompetensiyalarni tolerantlikka ustuvorlik berish asosida rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.