Xojamuratov Ramil Ibraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning innovatsion madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1577. 
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning innovatsion madaniyatini rivojlantirishning didaktik tuzilmasi (innovatsion faoliyat, innovatsion fikrlash, innovatsion rivojlanish), funksiyalari (gnoseologik, tashkiliy, tadqiqiy, axloqiy, refleksiv) ta’lim-tarbiya jarayonlariga yangilik kiritish sub’ekti sifatida shaxsning o‘z-o‘zini anglay olishiga ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’sir darajasini internal motivatsiya bilan determinallashuvini barqarorlashtirish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirishning didaktik jihatlari fundamentallik, konseptuallik, muammoga yo‘naltirilganlik va dialogik tamoyillarning ta’limiy innovatikaning texnik-texnologik, ijtimoiy va tashkiliy-boshqaruvga doir qonuniyatlari bilan integrativlik darajasini ingliz tilini o‘rganish jarayonida kontekstuallik ustuvor ahamiyat kasb etishini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirish modelining amaliy komponenti ingliz tilini o‘qitishga doir o‘quv materiallarini mantiqiy graf, metareja, mental xarita, freym kabi chizma-tasviriy modellar asosida strukturalash, kognitiv, muammoli, izlanuvchi-tadqiqotchilik faoliyati orqali sub’ektiv pozisiyaning yorqin namoyon bo‘lishi intensivligini shaxsiy va kasbiy rivojlanish bilan o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirish texnologiyasi kasbiy faoliyatning kognitiv, mazmunli va operatsion komponentlarini til muhitining informativ va kommunikativ funksiyalariga ustuvorlik berish asosida shakllantirish, amaliy faoliyat jarayonida innovatsion jarayonlarga aksiologik munosabatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan triadani (uch bosqichlik) andragogik yondashuv bo‘yicha didaktik loyihalash imkoniyatini kengaytirish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
talabalarning innovatsion madaniyatini rivojlantirishning didaktik tuzilmasi, funksiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonlariga yangilik kiritish sub’ekti sifatida shaxsning o‘z-o‘zini anglay olishiga ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’sir darajasini internal motivatsiya bilan determinallashuvini barqarorlashtirish orqali aniqlashtirish, kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirishning didaktik jihatlarini fundamentallik, konseptuallik, muammoga yo‘naltirilganlik va dialogik tamoyillarning ta’limiy innovatikaning texnik-texnologik, ijtimoiy va tashkiliy-boshqaruvga doir qonuniyatlari bilan integrativlik darajasini ingliz tilini o‘rganish jarayonida kontekstuallik ustuvor ahamiyat kasb etishini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqilgan xorijiy tilni uzluksiz o‘qitish Konsepsiyasini takomillashtirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 iyundagi 02-07-1573/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, kredit-modul tizimi sharoitida xorijiy tilni intensiv o‘rganish orqali talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirish modelining amaliy komponentini ingliz tilini o‘qitishga doir o‘quv materiallarini mantiqiy graf, metareja, mental xarita, freym kabi chizma-tasviriy modellar asosida strukturalash, kognitiv, muammoli, izlanuvchi-tadqiqotchilik faoliyati orqali sub’ektiv pozisiyaning yorqin namoyon bo‘lishi intensivligini shaxsiy va kasbiy rivojlanish bilan o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan YoA-1–22. “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli loyihasining innovatsion salohiyatni baholashning diagnostik tizimini takomillashtirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 iyundagi 02-07-1573/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning innovatsion madaniyatini tashxis etishning elektron tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirish texnologiyasini kasbiy faoliyatning kognitiv, mazmunli va operatsion komponentlarini shakllantirish, ingliz tilini o‘rganish jarayonini kasbiy sohaga yo‘naltirib o‘qitish, amaliy faoliyat jarayonida innovatsion jarayonlarga aksiologik munosabatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan triadani (uch bosqichlik) andragogik yondashuv bo‘yicha didaktik loyihalash imkoniyatini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan MRB-OT-2019-23. “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” mavzusidagi loyihasi asosida talabalarda innovatsion madaniyatni rivojlantirish jarayonlarini intensiv boshqarish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 10 iyundagi 02-07-1573/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning innovatsion madaniyatini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish