Fayzieva Aziza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz shaxsiy rivojlanish lingvodiskursida konseptual metaforalarning o‘zbek tiliga tarjimasi», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2786.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Nargiza Isakovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz shaxsiy rivojlanish lingvodiskursida qo‘llangan konseptual metaforalarning o‘zbek tiliga tarjima qilish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz lingvomadaniyatida vujudga kelgan shaxsiy rivojlanish lingvodiskursining janr xususiyatlari, kontekstual voqelanishi, lingvistik hamda registr tahlilida shaxs olmoshlarining qo‘llanishi, ularning grammatik o‘rni, valentlik xususiyati, birga keluvchi kollokatsiyalari, modalligi antropotsentrik paradigma doirasida shartlanishi isbotlangan;
konseptual metaforalarning struktur, ontologik, orientatsion tasnifi bo‘yicha shaxsiy rivojlanish diskursida aniqlangan milliy-metforik tematikasi, kommunikativ funksiyalari sotsial maqsadning konseptuallashuvida namoyon bo‘lishi asoslangan;
metaforik modellarning voqelanishi inson ongining kognitiv jarayonlarida jismoniy, ruhiy, hissiy, ijtimoiy tajribalaridan kelib chiqqan holda intuitiv tarzda amalga oshishi, bir konsept o‘ziga tegishli turli tushunchaviy guruhlar bilan boshqa konseptga kognitiv xaritalash orqali ko‘chishi dalillangan;
konseptual metafora tarjimasida ramzlashtirish va konsepsiyalash jarayonining ustuvorligi, metaforaning psixologik, ijtimoiy-madaniy va lingvistik jihatlarining ikkilamchi xarakterga ekanligi ular adekvat tarjima qilinishining pragmatik, kontekstual negizlarini tashkil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz shaxsiy rivojlanish lingvodiskursida konseptual metaforalarning o‘zbek tiliga tarjimasi tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz lingvomadaniyatida vujudga kelgan shaxsiy rivojlanish lingvodiskursining janr xususiyatlari, kontekstual voqelanishi, lingvistik hamda registr tahlilida shaxs olmoshlarining qo‘llanishi, ularning grammatik o‘rni, valentlik xususiyati, birga keluvchi kollokatsiyalari, modalligi antropotsentrik paradigma doirasida shartlanishi bilan bog‘liq xulosalardan Navoiy davlat pedagogika institutida F1-XT-0-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi tutgan o‘rni” mavzusida fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Navoiy davlat pedagogika institutining 2022 yil 24 iyundagi 88-87-2383/04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada nazarda tutilgan shaxsiy rivojlanishga oid adabiyotlarning millat tafakkurini shakllantirishdagi rolini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
konseptual metaforalarning struktur, ontologik, orientatsion tasnifi bo‘yicha shaxsiy rivojlanish diskursida aniqlangan milliy-metforik tematikasi, kommunikativ funksiyalari sotsial maqsadning konseptuallashuvida namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan Buxoro davlat universitetida Evropa Komissiyasining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “TALENT – Establishing Master Programmes in Human Resource Management and Talent Development in Central Asia” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 28 iyundagi 05-01-0966-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilida ishlab chiqilgan targ‘ibot materiallarini joriy etishning ilmiy-amaliy ahamiyati isbotlangan va matnlarning leksik, semantik qatlamidagi leksemalarning lingvopragmatik xususiyatlarini til o‘zlashtirish asosi sifatida talqin etishga imkon bergan;
konseptual metafora tarjimasida ramzlashtirish va konsepsiyalash jarayonining ustuvorligi, metaforaning psixologik, ijtimoiy-madaniy va lingvistik jihatlarining ikkilamchi xarakterga ekanligi ular adekvat tarjima qilinishining pragmatik, kontekstual negizlarini tashkil qilishiga doir xulosalardan “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 28 iyundagi 1/164-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.