Safarova Xurshida Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fransuz tilidan ingliz tiliga o‘zlashgan so‘zlarning leksik-semantik va grammatik xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2124.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Davlatova Muhayyo Hasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tiliga fransuz tilidan o‘zlashgan so‘zlarni leksik-semantik va grammatik jihatdan tahlil qilish orqali ularning ikki til kesimida mushtarak hamda differensial belgilarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz tili qatlam birliklarining semantik (ma’no) jihatlari genetik-kul`turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi va tilning lug‘at boyligi tarkibining rivojlanishi insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi isbotlangan; 
ingliz tilida inson kognitiv va lisoniy- madaniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga kelgan o‘zlashgan so‘zlar fonetik, areal, morfologik-struktur, sintaktik, leksik-semantik aspekt doirasida mantiqiy qiymat kasb etishi aniqlangan;
fransuz tilidan kirib kelgan o‘zlashgan so‘zlarning mazmun chegarasi o‘zgarishining tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishda diaxron va sinxron tahlil jarayonida semantik qatorini hisobga olgan holda assimilyasiya darajasiga ko‘ra o‘zlashganligi asoslangan;
suffiks-prefiks usuli yordamida hosil bo‘lgan FO‘larning leksik va grammatik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari paradigmatik (til sathi) va sintagmatik (nutq sathi) munosabati hosilasi ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tiliga fransuz tilidan o‘zlashgan so‘zlarning leksik-semantik va grammatik  xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tili qatlam birliklarining semantik (ma’no) jihatlari genetik-kul`turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 24 maydagi 17.01/173-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning lug‘at boyligi tarkibining rivojlanishi insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi aniqlangan;
fransuz tilidan kirib kelgan o‘zlashgan so‘zlarning mazmun chegarasi o‘zgarishining tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishda diaxron va sinxron tahlil jarayonida semantik qatorini hisobga olgan holda assimilyasiya darajasiga ko‘ra o‘zlashganligi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida AQSh Elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan  SUZ80021IN3103-raqamli loyiha asosida tashkil etilgan “Amerika adabiyoti klubi”da o‘tkazilgan Jon Steynbek, Frensis Skott Fisdjeral`d va Ernest Xeminguey kabi amerika yozuvchilarining adabiy mahorati tahliliga bag‘ishlangan xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 5 sentyabrdagi 04-04/01-1557-son ma’lumotnomasi). Natijada fransuz tili bilan bog‘liq so‘z va iboralarni ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida duch kelgan muammolarni hal qilishga xizmat qilgan.
suffiks-prefiks usuli yordamida hosil bo‘lgan FO‘larning leksik va grammatik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari paradigmatik (til sathi) va sintagmatik (nutq sathi) munosabati hosilasi ekanligi dalillanganligiga doir xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro” va “Sakkizinchi mo‘’jiza” kabi turkum ko‘rsatuv ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 1 iyundagi 1/127-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish