Zoirova Aziza Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fransuz feminist adibalar asarlari tarjimasining ginokritik tadqiqi (Jorj Sand va Jermena de Stal` asarlari tarjimasi misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil1886.
Ilmiy rahbar: Shirinova Raima Hakimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz feminist adibalar asarlari va ularning tarjimalarini ginokritik aspektda ifodalanish tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
feminizm ayollar muammolari bilan bog‘liq fenomen, gender, ikki jins (ayol/erkak) munosabatlarini qamrab oluvchi mazmun chegarasi tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishning tarixiy-falsafiy asoslari metramorfika amaliyoti adibalarning badiiy uslubidagi metamorfoza va metaforaning o‘ziga xos ko‘rinishlari orqali ifodalanishi isbotlangan;
gender yo‘nalishidagi tadqiqotlarning psixoanalitik tahlili natijasida feminist ayollar ruhiyatidagi “men mavjudman”, “ustunlik emas tenglik”, quvvat manbai ilm” kabi g‘oyaviy-badiiy, falsafiy-axloqiy hamda kompozision, ya’ni syujet qurilishidagi badiiy vazifalari dalillangan;
feminist adibalar asarlarida qahramonning tashqi ko‘rinishi, xarakteri, ichki dunyosi, ruhiyatini badiiy detal` orqali ochib berish va tarjimada qayta tiklash jarayonining bayon etish ginokritik tahlilning biologik, lingvistik, psixoanalitik va madaniy modeli “ayol-yozuvchi, ayol-qahramon, ayol-tarjimon” triadasi asosida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
feminitiv diskurs tarjimasi tahlili asosida ayol-tarjimonlarda obrazlashtirish, moslashtirish va transkreativ uslub, erkak-tarjimonlarda umumlashtirish, soddalashtirish va konkretlashtirish kabi tarjima uslublarining ustuvorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz feminist adibalar asarlari tarjimasining ginokritik tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
feminizm ayollar muammolari bilan bog‘liq fenomen, gender ikki jins (ayol/erkak) munosabatlarini qamrab oluvchi mazmun chegarasi tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishning tarixiy-falsafiy asoslari adibalar asarlarining metramorfik tahlili ustuvorligi orqali belgilanishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 17 yanvardagi 194-son ma’lumotnomasi). Natijada feminitiv matnlar tahlili, uslubiy yaqinlik, transkreativ uslubning adabiyotshunoslikdagi o‘rnini aniqlashga qaratilgan mavzularning mazmunini ilmiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
gender yo‘nalishidagi tadqiqotlarning psixoanalitik tahlili natijasida feminist ayollar ruhiyatidagi “men mavjudman”, “ustunlik emas tenglik”, quvvat manbai ilm” kabi g‘oyaviy-badiiy, falsafiy-axloqiy hamda kompozision, ya’ni syujet qurilishidagi badiiy vazifalari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan xalqaro Toshkent Fransuz Al`yansi nodavlat notijorat tashkilotining xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan kollokviumda foydalanilgan (Toshkent Fransuz Al`yansi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining 2022 yil 26 martdagi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tashkilotning xalqaro seminar va o‘quv klubi mashg‘uloti materiallari hamda tashkilot tomonidan o‘tkazilgan xalqaro adabiy va lingvistik tadbirlar dasturi mazmunini boyitishga erishilgan;
feminist adibalar asarlarida qahramonning tashqi ko‘rinishi, xarakteri, ichki dunyosi, ruhiyatini badiiy detal` orqali ochib berish va tarjimada qayta tiklash jarayonining bayon etish vositalarini saqlash ginokritik tahlil ustivorligi “ayol-yozuvchi, ayol-qahramon, ayol-tarjimon” triadasi asosida namoyon bo‘lishi borasidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyatida 56-01/10 “Tarixiy yodgorliklar targ‘ibotida O‘zbekiston ziyoratgohlari (besh tillik) innovatsion imkoniyatlari” dasturi doirasida “Les lieux de pelerinage de l’Ouzbekistan” katalogining fransuzcha variantini tarjima qilish asosida innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik jamiyatining 2022 yil 18 yanvardagi 85/1-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlar tarjimasida, xususan, fransuz adibalari asarlari tarjimasida kuzatiladigan ayrim tarjima uslublarini to‘g‘ri belgilab olishga erishilgan;
feminizm ayollar muammolari bilan bog‘liq fenomen, gender ikki jins (ayol/erkak) munosabatlarini qamrab oluvchi mazmun chegarasi tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni o‘rganishning tarixiy-falsafiy asoslari adibalar asarlarining metramorfik tahlili ustuvorligi orqali belgilanishi bilan bog‘liq xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida Erasmus+585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP “Developpement of interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Cental Asian Universities: CLASS” xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2022 yil 25 martdagi 04/11-1663-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tashkilotning xalqaro seminar va o‘quv klubi mashg‘uloti materiallari hamda tashkilot tomonidan o‘tkazilgan xalqaro adabiy va lingvistik tadbirlar mazmunini boyitishga erishilgan;
feminitiv diskurs tarjimasi tahlili ayol-tarjimon obrazlashtirish, moslashtirish va transkreativ uslub, erkak-tarjimon umumlashtirish, soddalashtirish va konkretlashtirish tarjima uslublarining birlamchi qiymat kasb etishi to‘g‘risidagi ilmiy-faktik xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Hamma uchun” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 17 martdagi 06-31-606-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlar tarjimasi, xususan feminist yozuvchilar asarlari tarjimasida tarjima uslublari, tarjima tavsiyalari “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda hamda uning ma’naviy-ma’rifiy mazmunini boyitishga erishilgan.